"Endi hammasi aralashib ketdi": sovuq qutbda qanday qilib omon qolishmoqda

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tish25-y Rojdestvenskiy polumarafon v Omske
25-y Rojdestvenskiy polumarafon v Omske - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tomtor - qorli Yoqut kengliklarining o‘rtalarida yo‘qolgan kichkina qishloq. Bir nechta muzeylar, klub, sport zali, maktab, kasalxona, ma’muriyat, do‘konlar – ko‘rinishidan, aytarlik hech narsa yo‘q, ammo bu yerda turistik guruhlar ko‘payib bormoqda.

Mariya Semenova. Tomtor - qorli Yoqut kengliklarining o‘rtalarida yo‘qolgan kichkina qishloq. Bir nechta muzeylar, klub, sport zali, maktab, kasalxona, ma’muriyat, do‘konlar – ko‘rinishidan, aytarlik hech narsa yo‘q, ammo bu yerda turistik guruhlar ko‘payib bormoqda. Gap shundaki, bu sayyoramizning odam yashaydigan eng sovuq joylaridan biri. Mehmonlar "Yakut salyuti" dan zavqlanadilar - qaynoq suvning tomchilari sochilishi bilan muzlaydi - minus 60 da issiq buloqlar tufayli muzlamaydigan daroda cho‘milishadi, mahalliy aholi pechkalarni isitadilar, ot go‘shti yeyishadi, shuningdek, ot va bug‘u yetishtirish bilan shug‘ullanishadi. Ular sovuqlik qutbida qanday yashashi haqida - RIA Novosti materialida.

Anomalnie morozi v Afganistane: pogibli desatki mestnix jiteley - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistondagi qahraton qish o‘nlab kishilarning o‘limiga sabab bo‘ldi

Uzoq yo‘l

Yakutskdan Tomtorgacha 900 kilometr – rulda bir kun. Yo‘lning asosiy qismi Oymakon ulusining markazi bo‘lgan Ust-Nera qishlog‘idan Saxa respublikasidan Magadanga o‘tadigan federal magistral orqali o‘tadi. Ammo Tomtorgacha bo‘lgan so‘nggi 150 kilometrni "mahalliy ahamiyatga ega" buzilgan yo‘ldan bosib o‘tish kerak – qishda hamma narsa tartibli, ammo bahorda u buziladi. "To‘g‘ri, siz UAZda yetib olishingiz mumkin", - deb mahalliylar mavsumlar almashinishidagi transport harakatini qisqagina tasvirlaydi. Biroq, issiq oylarda Tomtorga samolyot uchadi - aviachiptaning narxi 13 mingdan oshadi, mashinada ikki baravar arzon tushadi, shuning uchun havo qatnovi unchalik keng tarqalmagan.

"Yakutskgacha juda yaxshi yo‘l bor, taksilar yuradi. Tuzik, hamma bunga odatlanib qolgan", deydi pensioner Valentina Prokopyeva. Ammo keyin u qo‘shimcha qiladi: "Bahorda qiyinmi yoki yozda. Qor eriganda, yo‘llar doimo yomon - suv, loy, ko‘lmaklar". Butun umrini Tomtorda o‘tkazgan keksa yakut ayolni, yo‘lni yomonligi bilan ajablantirib bo‘lmaydi.

"Bolaligidanoq odatlangan"

Agar Tomtor aholisi "sovuq" deyishsa, ular deraza tashqarisida minus oltmish haroratini nazarda tutadilar. Rossiyaning markaziy qismi uchun halokatli minus qirq, bu yerda sovuq deb hisoblanmaydi.

"Agar issiq bo‘lsa yomon - biz boshqasiga o‘rganib qolganmiz. Minus qirq - bu biz uchun oddiy, bahor keldi deb hisoblaymiz. Biz kichik yoshimizdan shunday yashayapmiz. Minus oltmish sovuq bo‘lganida tashqariga deyarli chiqmaymiz", - deydi Valentina Prokopyeva.

Tomtor markazida uylarning aksariyati markaziy isitish tizimiga ulangan, chekkadagi uylar kuniga ikki-uch marta pechka isitishadi.

Zima v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Kuz quruq bo‘ldi, qish boshlanishi esa qanday keladi - O‘zgidromet bashorati

"Biz o‘tin sotib olamiz, bir mashinasi narhi 12 ming. Qish uchun ikki mashina kerak, ya’ni isitishga 24 ming ketadi. Boshqa odamlarning uylari kattaroq, ular juda ko‘p o‘tin sotib olishadi", - dedi Prokopyeva.

"Endi barchani markaziy isitish tizimiga ulashmoqchi, qishloq atrofida o‘tin qolmadi", - deya qo‘shimcha qiladi Vasiliy Ivanov.

Mahalliy aholi o‘zlarining holatida o‘ziga xos biron bir narsani ko‘rmaydilar: "Biz boshqalar kabi yashaymiz". "Men uchun bu yerda hech qanday g‘ayrioddiy narsa yo‘q: hamma narsa shunday bo‘lishi kerak. Juda sovuqda va borish qiyin bo‘lgan qishloqda yashayotganimiz uchun sayyohlar kelib hayratlangan sayyohlar bor", deydi Tomtorlik ayol (ism o‘zgartirilgan) Inna Gladisheva.

Ammo, albatta, har safar sovuqqa tayyorgarlik ko‘rish kerak: Yakutiyada, ayniqsa Tomtorda, bu odatiy protsedura - bahorda derazalarni yuvishday kerak.

"Avtomobillarda - ikki qavatli oynalar, salonda qo‘shimcha pechka. Dvigatel penofol yoki boshqa zich material bilan izolyatsiya qilinadi. Qishda, dvigatel o‘chirilmaydi, ko‘pi bilan o‘n daqiqaga, undan o‘tib ketsa - Xudo saqlasin. Garajlarga talab bor, ammo ularni kun bo‘yi isitish kerak. Biz asosan mo‘ynali po‘stinlar, baland amirkonli etiklar kiyamiz. Yoshlar qishni puxoviklarda o‘tkazadi ", - deydi Gladisheva o‘z tafsilotlari bilan bo‘lishib.

Zamerzshaya Niagara: znamenitiy vodopad prevratilsya v led - Sputnik O‘zbekiston
Amerikada ayozli qish: - 53 darajali havo harorati kutilmoqda

Vasiliy Ivanovning ta’kidlashicha, qishlar yumshoqroq bo‘lib qoldi: "So‘nggi uch-to‘rt yil ichida yanada iliqroq bo‘lyapti. Ilgari, uch oylab – minus oltmish".

"Biz tabiat bilan do‘stmiz"

Nafaqaho‘r Valentina Prokopyeva Oymakon ulusida tug‘ilgan. U to‘qqizinchi sinfda o‘qiyotganida Tomtorga ko‘chib o‘tdi. U maktabni tugatdi, turmushga chiqdi, farzandlar tarbiyaladi. Endi uning qizi shaharda yashaydi va Valentinadan nevaralarini boqish uchun ko‘chib o‘tishni so‘radi. Ayol izhor etishicha u o‘z qishlog‘ini sog‘inadi, chunki odatdagi joylardan uzoqda, hatto suv ham boshqacha - "to‘yimsiz".

Tomtorning diqqatga sazovor turistik makonlaridan biri - muzsiz darolar. Uchigacha qirov qoplangan daraxtlar bilan qor bosgan qirg‘oqlar farqi ajablanarli. Aynan shuning uchun ko‘plab sayyohlar uchun dasturning majburiy qismi daroda suzishdir.

"Yer ostidagi buloqlar urib turipti, shuning uchun bu yerda darolar muzlamaydi. Suv ikki-uch daraja iliq, termal emas. Cho‘milayotgan odamlar orasida mahalliylar ham bor, ammo ular oz. Ko‘pincha bu sayyohlar uchun", - deydi Ivanov. Ammo bunday zavqni hamma ham ma’qullayvermaydi.

"Mehmonlar kelib, cho‘milishganda, menga ko‘p ham yoqmaydi. Bizda toza suv, suv juda shaffof, tagidagi toshlar ko‘rinib turadi. Biz darodan ichamiz, tabiat bizga bergan narsalarni qadrlaymiz. Biz u yerda cho‘milmaymiz, hatto Cho‘qintirishda ham. Shaharda suv ichsam huddi bo‘shliqni ichgandeksiz, o‘zimizning suvdan bir krujka ichsam juda yaxshi", - deydi Prokopyeva.

Figurnoe katanie. Chempionat Yevropi. Pokazatelnie vistupleniya - Sputnik O‘zbekiston
Qish kechasi: rossiyalik sportchining libosi yana hammani hayratda qoldirdi - video

Uzoq vaqt davomida sivilizatsiyadan deyarli uzilib qolgan qishloqda o‘z an’analari rivojlandi.

"Kechqurunlari baqirmaymiz, biz tabiat bilan do‘stmiz. Sayyohlar kelib baqiradilar:" Men Oymakondaman, bu sovuqlik qutbi va bu yerda cho‘milish kerak!" Ular ketishganidan keyin ular bilan albatta nimadir yuz beradi. Biz bunaqa maqtanishdan qo‘rqamiz va o‘zimizni tinch tutamiz. Sayyohlardan hech qanday foyda yo‘q - men ulardan qishloq uchun biron foyda keltirishlarini xohlayman va ular kelganida xuddi bu yerda hamma narsa ular uchun bo‘lganidek", - deya norozi Valentina.

Go‘sht zoti

Ko‘pchilik mahalliy aholi ot yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Otlar asosan oziq-ovqat uchun yetishtiriladi. Yakutiyada o‘ziga xos zot bor – bo‘yi past otlar hatto qishda ham o‘zlarini oziq-ovqat bilan ta’minlaydilar, ular qordan o‘tlarni topib yeyishlari mumkin.

"Biz asosan mahalliy mahsulotlarni iste’mol qilmoqdamiz: ot go‘shti, bug‘u go‘shti, baliq. Hamma narsa yuqori kaloriyali, yog‘li, bu sovuqlarda vegetarianlar omon qololmaydi, ko‘p oqsil iste’mol qilish kerak. Do‘konlarda - qimmatchilik, kartoshkaning kilosi 75 rubl. Issiqxonalarda va parniklarda bir narsalar yetishtirshga urinayotgan shinavandalar bor, lekin bu juda mashaqqatli ish, yozda kechasi bilan uni isitib chiqish kerak ", - deb Vasiliy Ivanov tafsilotlarga to‘xtalib o‘tdi.

Yoz mevasi - qish xazinasi - Sputnik O‘zbekiston
Yoz mevasi - qish xazinasi

"Nazorat kuchaymoqda, lekin foyda yo‘q"

Vasilining so‘zlariga ko‘ra, aholining ko‘p qismi "yaylov maxsulotlari bilan oziqlanadi" - ov va baliq ovlash. "Ular bug‘u, yovvoyi kiyik, quyon, o‘rdakni ovlashadi - bu harakatlanadigan va kaloriya beradigan barcha narsalar. Endilikda  kvotalar joriy qilindi: kuniga o‘nta baliq, shunda ikki to‘rdan ko‘p bo‘lmagan xolda,undan keyin ular ro‘yxatdan o‘tkazish kerak, markirovka qilish kerak. Bu mutlaqo bema’nilik. Nazorat kuchaymoqda, ammo bundan foyda yo‘q. Tumanlar  markazida artellar ishlaydi - ular Moskvada ro‘yxatdan o‘tgan va soliqlarni o‘sha yerda to‘lashadi, mintaqada hech narsa qolmaydi", - deya shikoyat qiladi Vasiliy.

Uning o‘zi bir necha yil oldin Yakutskga ko‘chib ketgan, ammo Tomtor bilan aloqani uzmaydi – u yerda qarindoshlar qolishgan. "Men oilamni boqishim kerak, ammo qishloqda ish yo‘q, obodonlashtirilmagan, sovuq", - deb tushuntiradi u. "Sovet Ittifoqi davrida yaxshi ta’minlangan edi, endi hamma narsa yomonlashdi. Maktab, kasalxona, uy-joy kommunal xizmati - shu asosiy ish joylari qoldi. Men Tomtorda piloramachi-usta, ot boquvchi, o‘t yoquvchi - ish mavjud bo‘lgan har joyda."

Velikiy Novgorod shahrida qishgi cho‘milish klubi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada qish gashti

Ammo Tomtor shahrida yashovchi Inna Gladisheva esa ta’kidlaydi: hamma narsa unchalik yomon emas. "Ish bor. Ayni paytda yakka tartibdagi tadbirkorlik (transport xizmatlari, do‘konlar, mehmonxonalar, turizm) va ot yetishtirish yaxshi rivojlanmoqda. Yangi maktab paydo bo‘ldi, bolalar bog‘chasi, kutubxona, klub, sport zali, konsertlar, tanlovlar  bo‘lib turadi", - deydi u.

Mahalliy aholi Yakutiya uchun odatiy bo‘lgan bug‘u chorvachiligi bilan ham shug‘ullananishadi: ishchilarni jalb qiladigan brigadalar va naslli hududlarda o‘tlayotgan shaxsiy podalar ham mavjud.

"Issiq joylarga bormayman"

Mahalliy odamlar qishloqni kamdan-kam hollarda tark etishadi: tibbiy yordam yoki ta’tilga, shaharga ko‘chib o‘tgan qarindoshlarini ziyorat qilish uchun.

"Yozda imkoniyati borlar dengizga boradilar", deydi Vasiliy Ivanov. Biroq, har kim ham bunday ta’til uchun mablag‘ topa olmaydi.

Sneg v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga Volgabo‘yi hududlaridan sovuq va nam havo kirib keladi

"Ta’tilni odatda hamma Yakutskda o‘tkazadi, kamdan-kam hollarda chet elga ketishadi - bu juda qimmat. Men 2018-yilda Vetnamda bo‘lganman va bizdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys bo‘lgani uchun bizga omad kulib parvozimiz oson bo‘lgan", - Gladisheva qo‘shadi.

Tomtorda kasalxona mavjud bo‘lsa-da, aholi ko‘pincha tibbiy yordam uchun tuman markazi Ust-Neraga borishi kerak. Yakutskdan ancha yaqinroq, ammo masofa baribir katta - deyarli 500 kilometr.

"Bu yerda shifoxona bor, ammo bu faqat birinchi tibbiy yordam uchun. Agar asoratlar chiqsa, tuman markaziga borish kerak – bir tomonga sakkizdan o‘n ikki soatgacha", - deya ta’kidlaydi Inna. Va baribir turib olyapti: "Men issiq joyga ko‘chmasdim. Menga bu yerda hamma narsa to‘g‘ri keladi."

Yangiliklar lentasi
0