O‘zbekistonga Volgabo‘yi hududlaridan sovuq va nam havo kirib keladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSneg v Tashkente
Sneg v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Volgabo‘yi hududlaridan nam va sovuq havo oqimining kirib kelishi munosabati bilan mamlakatda hafta davomida ob-havo sharoitlari o‘zgarib turadi.

TOShKENT, 17 fev – Sputnik. Volgabo‘yi hududlaridan nam va sovuq havo oqimining kirib kelishi munosabati bilan mamlakatda hafta davomida ob-havo sharoitlari o‘zgarib turadi. Bu haqda O‘zgidromet axborot xizmati ma’lum qilmoqda. 

Festival vozduxoplavaniya v Meksike - Sputnik O‘zbekiston
Qashqadaryoda 20ta havo shari uchiriladi

Qayd etilishicha, joriy yilning 17-fevral kuni, ya’ni bugun respublikaning katta qismida ob-havo yog‘ingarchiliksiz, harorat 5-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Biroq kechga borib, mamlakatga Volgabo‘yi hududlaridan nam va sovuq havo oqimi keladi. Natijada hafta davomida ob-havo sharoitlari o‘zgaruvchanligi kuzatiladi. 

Jumladan, bugun - 17-fevral kuni bulutlar ko‘payib, tunda mamlakatning shimoliy tumanlariga nisbatan boshqa qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutiladi. Havo sovib, yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin.

Bu ob-havo sharoiti - ertaga 18-fevralda kun davomida kuzatiladi. Havo harorati ertaga kechasi 0-5 daraja iliq, kuduzi esa 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Ish haftasining o‘rtasida  sovuq havo oqimining ta’siri ayniqsa, kechasi hali sezilib turadi, tungi harorat 1-3 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi quyosh payshanbaga kelib haroratni 10-15 darajagacha ilitadi.

Ish haftasining oxirida ob-havo sharoiti yana o‘zgaradi. 21-fevral - Juma kuni mamlakat hududining katta qismida yomg‘ir yog‘adi. Shuningdek, shimoliy tumanlarda ham yog‘ingarchilik kutiladi.

Respublikaning Toshkent, Samarqand Jizzax, Sirdaryo viloyatlari hamda Farg‘ona vodiysidagina yog‘ingargarchlik kutilmaydi. Tungi harorat 0-5 daraja iliqqacha ko‘tariladi, kunduzi 10-15 daraja atrofida bo‘ladi.

“O‘zgidromet” axborot xizmatiga ko‘ra, bunday harorat oyning shu davri uchun xos bo‘lgan o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan bir oz yuqori.

Yangiliklar lentasi
0