O‘zbekiston uchun Trailblazer ishlab chiqariladigan zavod sotiladi

© MAKSAD Chevrolet Trailblazer
Chevrolet Trailblazer - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
General Motors Tailanddagi o‘zining avtomobil zavodini Xitoyning Great Wall Motor Co Ltd. kompaniyasiga sotadi.

TOShKENT, 17 fev - Sputnik. General Motors Tailanddagi o‘zining avtomobil zavodini Xitoyning Great Wall Motor Co Ltd. kompaniyasiga sotadi. Bu haqda Amerika kompaniyasi xabar qilmoqda.

Kompaniya investitsiyalar kutilgan daromadni keltirmayotgani sabab o‘z strategiyasi doirasida Avstraliya, Yangi Zelandiya va Tailand bozoridan chiqib ketadi.

Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors - Sputnik O‘zbekiston
UzAuto Motors Chevrolet Onix avtomobillarini ishlab chiqarishni boshlaydi

Ta’kidlanishicha, avtomobil ishlab chiqaruvchi 2021-yilda Avstraliya va Yangi Zelandiyadagi Holden brendini yopadi, joriy yil oxiriga qadar esa Tailanddagi Rayong zavodida savdolar bo‘yicha bitimlarni to‘xtatishni rejalashtirmoqda. Kompaniya ko‘proq daromad keltiradigan joylarga e’tiborni kuchaytirish istagida ekanini bildirgan.

Shu bilan birga GM aktivlarni topshirish va rivojlanayotgan bozorlarda xarajatlarni kamaytirish uchun kuchli yetkazib berish tarmog‘ini yaratish orqali O‘zbekiston kabi bozorlarda sheriklik aloqalarini optimallashtirishda davom etadi.

Masalan, Tailanddagi Rayong zavodida Colorado va Trailblazer kabi modellar ishlab chiqariladi. O‘tgan yilning noyabrida GM Thailand O‘zbekistonga Chevrolet Trailblazer avtomobillarining partiyasi jo‘natgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda Ravon Nexia R3 eng ko‘p sotiladigan modelga aylangani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0