TOShKENT, 17 fev – Sputnik. Hozirgi kungacha viloyat hududida avtoradarlar orqali jami 40120 ta holatda tezlikning meyoridan oshganligi aniqlangan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishcha, Toshkent viloyatida tezlikni belgilangan meyoridan oshirish oqibatida sodir bo‘layotgan yo‘l transport hodisalarini oldini olish maqsadida zamonaviy, onlayn rejimida ishlovchi avtomashinaga o‘rnatilgan radarlar faoliyat yuritmoqda.
Xususan, joriy yilning 1-yanvaridan hozirgi kunga qadar viloyat hududida jami 40120 holatda tezlikning meyoridan oshganligi avtoradarlar orqali aniqlangan.
Shuningdek, holat bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilib, “O‘zbekiston pochtasi”ning ma’lumotlarni qayta ishlash markazi orqali qoidabuzar haydovchilarning manziliga jo‘natilgan.