TOShKENT, 4 apr – Sputnik. Toshkent shahrida 25 dona yangi turdagi tezlikni o‘lchash mobil qurilmalari joriy etiladi.
Bu vazifalar Ichki ishlar vazirligi “Toshkent shahrida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda zamonaviy tizimlarni joriy qilish” investitsiya loyihasini tatbiq etish chora-tadbirlari to‘g‘risida hukumat qarori loyihasida aytilgan.
“mahalliy korxona tomonidan ishlab chiqilgan, umumiy qiymati 8 mlrd. so‘m bo‘lgan 10 dona “AutoCon – SC/M TR.uz” va 15 dona “AutoCon – SC/S TR.uz” yangi turdagi tezlikni o‘lchash mobil qurilmalarini va uni tasarruf etishga zarur bo‘lgan barcha jamlanmalar Toshkent shahrida joriy qilinsin”, - deyilgan loyihada.
Hujjat loyihasida aytilishicha, yo‘l harakati qoidalari buzilishini foto-video fiksatsiya qilishning avtomatlashtirilgan tizimi 2019-yilda Toshkent shahri hududida Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi harakat xavfsizligi kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi qoshida joriy etiladi.