TOSHKENT, 17 fev – Sputnik. Tojikiston poytaxti raisi Rustam Emomali Toshkent hokimini Dushanbeda boʻlib oʻtadigan Navroʻz bayramida ishtirok etishini soʻrab, taklifnoma yoʻlladi. Bu haqda Sputnik Tojikiston TojikTA maʼlumotlariga asoslanib xabar qilmoqda.
Xabarda yozilishicha, Rustam Emomali Dushanbedagi Navroʻz bayramida ishtirok etishlari uchun Tojikiston poytaxti birodarlashgan dunyoning 17 ta shaharlari hokimlariga taklifnoma yuborgan.
Uning taklifnomalari Lusaki (Zambiya), Sana (Yemen), Monastira (Tunis), Lahor (Pakistan), Klagenfurt (Avstriya), Boulder (AQSH) va Roytlingen (Germaniya) hamda Mazori Sharif (Afgʻoniston), Tehron (Eron), Sheroz (Eron), Sankt-Peterburg (Rossiya), Minsk (Belarus), Urumchi (Xitoy), Anqara (Turkiya), Syamen (Xitoy), Ashxobod (Turkmaniston) va Chindao (Xitoy).
“Qolaversa, Rustam Emomali Moskva va Toshkent maʼmuriyatlariga taklifnoma yoʻllagan”, - deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, Dushanbe shahri raisi Rustam Emomali ilk xorijiy tashrifini Toshkentga amalga oshirgan edi. U ushbu tashrifni ramziy maʼnoga ega deb aytgandi. Tashrifi davomida Toshkent shahar hokimi bilan muzokaralar oʻtkazib, Shavkat Mirziyoyev qabulida boʻlgan edi.