TOShKENT, 11 fev - Sputnik. Qashqadaryoda o‘tkaziladigan "Lola va kabob" festivalida 20ta havo shari uchiriladi, deb xabar qilmoqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi axborot xizmati.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Gastronomik Turizmi assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Aeronavtika Federatsiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangan.
O‘zaro hamkorlikning ilk bosqichi sifatida, aprel oyida Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida o‘tkaziladigan "Lola va kabob" festivalida 100 nafar Xalqaro toifadagi xorijlik havo shari uchuvchilari "Lola va kabob" festivalining ochilish marosimida 20ta havo sharida uchishlari kutilmoqda.
Parvoz davomida shou tarzida tomosha ko‘rsatishlari, shuningdek, festival ishtirokchilari havo sharlarida 5 daqiqa davomida bepul parvoz etishlari uchun sharoit yaratilishi kutilmoqda.
Assotsiatsiyasi va Federatsiya o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik orqali kelajakda Gastromomik festivallarda havo sharlari uchirilishini yo‘lga qo‘yish va boshqa bir qator loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.