O‘zbekiston armiyani qanday kuchaytirmoqda va Rossiya nima bilan yordam beradi

© Telegram / Novosti Tashkentskogo NebaNovie vertoleti Mi-35M VVS Uzbekistana na stoyanke v mejdunarodnom aeroportu imeni Islama Karimova
Novie vertoleti Mi-35M VVS Uzbekistana na stoyanke v mejdunarodnom aeroportu imeni Islama Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mudofaa va xavfsizlik sohasida respublikaning mustahkam pozitsiyalari asosan Rossiya Federatsiyasi va MDHning boshqa mamlakatlari bilan harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik tufayli yaratildi.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Islom Karimov xalqaro aeroportidagi turargohda Rossiya tomonidan ishlab chiqarilgan so‘nggi Mi-35M vertolotlarini namoyish etdi. Ikki yil ichida Moskva Toshkentga 12 ta shunday mashinani yetkazib beradi (2017 yilda O‘zbekiston hukumatiga berilgan davlat eksport krediti hisobiga) - bu jang maydonida juda jiddiy kuch. Eslatib o‘taman, o‘tgan yili milliy armiya Rossiyaning "Tayfun" va "Tigr" zirhli avtomobillarini ham qabul qildi. Va yaqin orada yuqori manevrli Su-30SM qiruvchi samolyotlari, BTR-82A bronetransportorlarini va zamonaviy radar tizimlarini oladi.

Torjestvennaya vstrecha pobediteley i prizerov ArMI v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Armiya o‘yinlari umumiy reytingida O‘zbekiston 5chi o‘rinni egalladi

O‘zbekistonning harbiy qurilish sohasidagi tajribasi diqqatga sazovordir. Qisqa vaqt ichida Toshkent 50 ming kishilik harakatchan va samarali armiya tashkil qildi. Tarkibiy modernizatsiya qilish, qo‘shinlarni eng yangi qurol va texnika namunalari bilan qayta jihozlash o‘z mablag‘lari va ittifoqchilar - Rossiya va MDHning boshqa davlatlari yordami bilan davom etmoqda.

Milliy mudofaa xususiyatlari

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev armiya zamonaviy chaqiriq  va tahdidlarga to‘la javob bera olmasligi aniq bo‘lgach, 2017-yilda harbiy islohotlar haqida e’lon qilgandi. Loyihaning ustuvor yo‘nalishlari - shaxsiy tarkib, moliyalashtirish, qo‘shinlarni tarkibiy takomillashtirish va qayta qurollantirish.

Modernizatsiya, avvalambor, yuqori va o‘rta qo‘mondonlik tarkibiga ta’sir qildi (Bosh shtab boshlig‘i va okrug qo‘shinlarining barcha qo‘mondonlari almashtirildi). Oliy harbiy ta’lim tizimida katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Armiya zamonaviy texnik standartlarga ega bo‘ldi. Harbiy budjet YaIMning 4 foiziga yetdi (taxminan 1,4 milliard dollar). Bugungi kunga kelib harbiy xizmatni o‘tash tartibi, harbiy xizmatchilar va ularning oilalari ijtimoiy va tibbiy qo‘llab-quvvatlash tizimiga o‘zgartirishlar kiritildi.

O‘zbekistonda ilk bor ArMI-2019  armiya o‘yinlari o‘tkaziladi - Sputnik O‘zbekiston
Endi O‘zbekistonda: Armiya o‘yinlari-2019

Yangilangan O‘zbekiston mudofaa doktrinasida (2018) armiyani modernizatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlari tizimlashtirildi: qurolli kuchlarning hududiy tashkil etilishini isloh qilish, keng ko‘lamli qurollanish dasturi va o‘z harbiy-sanoat kompleksini yaratish. Ushbu doktrina mudofaa xususiyatiga ega bo‘lib, mamlakatning harbiy-siyosiy ittifoqlarda qatnashish va O‘zbekiston hududida xorijiy harbiy bazalarining joylashtirishni istisno qiladi. Shu bilan birga, boshqa davlatlar bilan samarali mudofaa munosabatlari bo‘yicha hamkorlik kursi e’lon qilinadi.

Urish ketayotgan qo‘shni Afg‘oniston O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyoga jiddiy tahdid solmoqda. Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev rasmiy Kobul va "Tolibon"* harakati o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish uchun platformani taqdim etishga tayyorligini ma’lum qilgan edi. Ushbu tashabbus Rossiya, Yevropa Ittifoqi, AQSh va boshqa davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Qurollarni modernizatsiya qilish

Global Firepower harbiy reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston Qurolli kuchlari 420 dona tank, 1215 dona zirhli mashina, 137 dona o‘ziyurar artilleriya uskunalari va 98 dona ko‘p zarbali reaktiv tizimlariga ega. 90 dan ortiq xujum samolyot va vertolotlari (jami - 185) havo kuchlarining asosini tashkil etadi.

Armiya tizimini isloh qilish jarayonida O‘zbekiston dunyoning ko‘plab mamlakatlari bilan harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirmoqda. So‘nggi yillarda Toshkent Bolgariyadan granatomotlarning katta partiyasini, Ispaniyadan 4 dona S-295W transport samolyotlarini, Fransiyadan 14 dona harbiy transport vertolotlarini, Xitoydan Yilong uchuvchisiz uchar vositalarini va FD‑2000 zenit-raketa tizimlarini (C-300 havo mudofaa tizimini modifikatsiyasi), AQShdan RQ‑11B Raven yengil dronlari partiyasini sotib oldi.

Broneavtomobil K 53949 Tayfun. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Nima uchun o‘zbek armiyasi Rossiyaning “Tayfun” zirhli avtomobillarini tanladi

Shunga qaramay, Rossiya O‘zbekistonga barcha mudofaa mahsulotlarini ichki Rossiya narxlarida (MDHda yagona davlat – ODKBdan tashqarida bo‘lgan) sotadigan eng katta qurol va harbiy texnika yetkazib beruvchisidir. Rossiya-O‘zbekiston harbiy va harbiy-texnik hamkorligi yildan-yilga kengayib bormoqda. Toshkent zarba samolyotlari va havodan mudofaa tizimlarini afzal ko‘rmoqda. Yuqorida aytib o‘tilgandan tashqari,  Mi-35M va Su-30SM bilan bir qatorda, O‘zbekiston kelajakda Rossiyaning Yak-130 rusumidagi jangovar o‘quv-mashg‘ulot samolyotiga sotib olishi mumkin, ular biroz takomillashtirilsa zarba berish imkoniyatlariga ega bo‘lishi mumkin.

2017 yil kuzida "Forish" o‘quv poligonida o‘n ikki yillik tanaffusdan so‘ng Rossiya va O‘zbekiston qurolli kuchlarining qo‘shma mashqlari bo‘lib o‘tdi. Bunday hamkorlik KXShT (ODKB) mamlakatlari bilan yaqinlashishga olib keladi. "Markaz-2019" Rossiya strategik mashqlarida O‘zbekiston harbiylari ham ishtirok etishdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilgan harbiy islohot asta-sekin butun O‘zbekistonni modernizatsiya qilishga aylanmoqda va Markaziy Osiyoda mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash orqali geosiyosatga yo‘naltirilmoqda.

* Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan terrorchilik tashkiloti

Yangiliklar lentasi
0