Muborakda gaz kondensat koni ishga tushirildi

© Press-slujba "Uzbekneftegaza"Spetsialisti predpriyatiy AO "Uzbekneftegaz" poluchili noviy promishlenniy pritok prirodnogo gaza s razvedochnoy skvajini №7 mestorojdeniya "Uchtepa"
Spetsialisti predpriyatiy AO Uzbekneftegaz poluchili noviy promishlenniy pritok prirodnogo gaza s razvedochnoy skvajini №7 mestorojdeniya Uchtepa  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Quduqni o‘zlashtirish natijasida sanoat miqyosida o‘rtacha kunlik 80 ming kub metr gaz va 1,0 tonna gazkondensati qazib olindi.

TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Muborakda gaz kondensat koni ishga tushirildi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, Muborak neft gaz qazib chiqarish boshqarmasi "Yangi Qizilrabot" gaz kondensatli konida 2-sonli konservatsiyada turgan quduqni tugatilgan quduqlar fondidan qaytarish maqsadida tubdan ta’mirlash dastgohi yordamida kapital ta’mirlash ishlarini olib borgan.

V Buxare viavleni novie zapasi gaza na glubine 2000 metrov - Sputnik O‘zbekiston
Buxoroda yangi gaz zaxirasi aniqlandi

Quduqni o‘zlashtirish natijasida sanoat miqyosida o‘rtacha kunlik 80 ming kub metr gaz va 1,0 tonna gaz kondensati qazib olindi.

11 fevral kuni 17,6 km uzunlikda diametri 168 mm bo‘lgan Yangi Qizilrabot-Xodjixayram gaz quvuri tortilib, "Yangi Qizilrabot" konidagi 2-sonli quduq konservatsiyadan keyin ishga tushirildi.

“Yangi Qizilrabot” gaz kondensatli koni Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida joylashgan. 2019-yil 10-iyuldan 28-oktabrgacha quduqni tugatilgan quduqlar fondidan qaytarish uchun kapital ta’mirlash ishlari olib borildi.  Bugungi kunga qadar sementli ko‘priklar burg‘ulanib, quduq tubi 1425 metrgacha ishlov berildi.

Yangiliklar lentasi
0