TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Buxoro viloyati Jondor tumanidagi qudukda olib borilgan burg‘ulash ishlari natijasida tabiiy gaz oqimi borligi aniqlandi.
“O‘zbekneftgaz” xabariga ko‘ra, quduqni 2054-2105 metr oralig‘ida (XV-1, XV-2 katlamlar) burg‘ulash jarayonida sinab ko‘rilganda sanoat miqyosidagi tabiiy gaz oqimi borligi aniqlangan.
Hozirda ushbu olingan tabiiy gazning kunlik debiti 200 ming metr kubni tashkil qilmoqda. Loyihaga ko‘ra, quduqni 2850 metr chuqurlikgacha burg‘ulash va quyi yura qatlamlarning neftgazga mahsuldorligini aniqlash nazarda tutilgan.
Ayni paytda quduqda terrigen yura yotqiziqlarini o‘rganish uchun 2850 metrgacha burg‘ulash ishlari davom ettirilmoqda