Dunyoda

Lavrov NATOning Ukrainani alyansga jalb qilishga urinishlari haqida

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
NATOning Ukrainani alyansga qoʻshishga urinishlari Ukraina muammolari bilan bogʻliq emas va Minsk kelishuvlarini amalga oshirishdagi harakatlarga putur yetkazadi - Lavrov

NATOning Ukrainani alyansga qoʻshishga urinishlari Ukraina muammolari bilan bogʻliq emas va Minsk kelishuvlarini amalga oshirishdagi harakatlarga putur yetkazadi, dedi Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.

Sergey Lavrov: v Yevrosoyuze rastsvetayet neonatsizm - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Lavrov AQSH va Eron oʻrtasidagi ziddiyatni yengish yoʻllari haqida gapirdi

"NATOning Ukraina muammolari bilan hech qanday aloqasi yoʻq, faqatgina bu muammolarni yanada kuchaytirishi mumkin, doimiy ravishda, Ukrainani oʻz saflariga quchoq ochib kutayotganligini taʼkidlab kelmoqda, bu vaziyatni yanada ogʻirlashtirmoqda va Minsk kelishuvlarini amalga oshirish borasidagi saʼy-harakatlarni susaytirmoqda", - dedi Lavrov Myunxen xavfsizlik konferentsiyasi natijalari boʻyicha boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida.

Tashqi ishlar vaziri, shuningdek, Moskva Frantsiya prezidentining Rossiya bilan muloqot zarurligi haqidagi soʻzlari "NATOning boshiga kirishi"ga umid qilayotganini taʼkidladi. Shundagina uning kasal yoki sogʻlomligini tushunish mumkin boʻladi, dedi Lavrov.

"Bizning NATOdagi hamkasblarimiz, ular Rossiya bilan muloqotga tayyor ekanliklarini bildirganlarida hiyla qilishmoqda. Ular aloqaga tayyorligini taʼkildashadi, ammo bu aloqa bizga, ayniqsa Ukraina boʻyicha, bizga qarshi daʼvolarni keltirishni nazarda tutadi. Ular hozirda keng targʻib qilayotgan Rossiya-NATO kengashi bir marta ham bizga Ukraina muammolarini koʻrib chiqishga majbur qiladigan ultimatumlarsiz oʻtmagan”, - dedi Lavrov, RIA Novosti uning soʻzlaridan iqtibos keltiradi.

Tashqi ishlar vaziri Shimoliy Atlantika alyansi Rossiya Federatsiyasi bilan barcha turdagi, shu jumladan Afgʻonistondagi terrorizmga qarshi kurash, yanada kengroq global miqyosda terrorizmga qarshi kurash va boshqa sohalardagi hamkorlikni toʻxtatganini eslatdi.

Ispolnyayuщiy obyazannosti ministra inostrannыx del RF Sergey Lavrov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Lavrov Rossiya va Oʻzbekiston munosabatlari haqida: biz qogʻozda emas, amalda ittifoqchimiz

Shuningdek, NATO va Rossiya harbiy mashqlarining yaqinlashish liniyasidan kelishilgan masofaga olib chiqilishi toʻgʻrisida kelishish toʻgʻrisidagi Moskvaning taklifiga alyans tomonidan hech qanday javob boʻlmadi. NATO Boltiqboʻyi xavfsizligi masalasini hal qilish urinishlariga eʼtiborsizlik qildi, deya qoʻshimcha qildi vazir.

"Bunday sharoitda, albatta, biz Makronning bir necha bor aytgan fikrlari NATOning boshiga kirishini va biz bu orqali uning kasal yoki sogʻlom ekanligini tushunishimizni juda istardik", - deya xulosa qildi Lavrov.

Avvalroq Sputnik radiosi Makron Yevropa va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi muloqotning muhimligini taʼkidlagani haqida xabar bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0