Lavrov AQSh va Eron o‘rtasidagi ziddiyatni yengish yo‘llari haqida gapirdi

Obuna bo‘lish
Moskva "ushbu tashabbusning izchillik bilan davom ettirilishi Yaqin Sharqdagi vaziyatni sog‘lomlashtirish bo‘yicha muhim qadam bo‘lib, u yerda o‘zaro ishonch arxitekturasiga asos solishga imkon berardi", deya ishonmoqda

TOShKENT, 17 fev - Sputnik. Moskva AQSh va Eron o‘rtasida mavjud ziddiyatlar faqatgina muloqot orqali yechim topilishi tarafdori, Rossiyaning Fors qo‘ltig‘ida kollektiv xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyasi mana shunga yo‘naltirilgan, deb bayonot qildi Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Stampa nashriga bergan intervyusida.

Amerikanskiy morskoy pexotines na territorii posolstva SShA v Bagdade, Irak. 4-yanvarya 2019 - Sputnik O‘zbekiston
Eron raketa zarbasidan yuzdan ortiq AQSh askarlari kontuziya bo‘ldi

"Agar siz joriy yilni boshlab bergan amerika-eron o‘rtasidagi navbatdagi eskalatsiyalar kalavasini nazarda tutayotgan bo‘lsangiz, bizning bu boradagi pozitsiyamiz ayon. Biz BMT Nizomiga zid bo‘lgan va mintaqada kelishmovchiliklar ortishiga olib keluvchi har qanday harakatlarni qoralaymiz. Pentagonning 3-yanvar kuni Bag‘dod shahridagi aeroportga tashkillashtirgan va oqibatda Al-Quds maxsus kuchlari qo‘mondoni, eronlik general Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishiga olib kelgan hujumi, xalqaro huquqning o‘ta qo‘pollik bilan buzilishidir”, - dedi vazir.

Eron AQShdan o‘ch olishning 13ta ssenariysini tayyorladi >>>

U shuningdek, bu fuqaro aeroporti bo‘lganini eslatib o‘tdi. "Shunday ekan, yaqinda Shri-Lankaga tashrifim davomida aytgan gaplarimni qaytaraman: amerikaliklarning ushbu harakatlari – qolipga sig‘maydi”, - deb qo‘shimcha qildi Lavrov.

Politolog Gevorg Mirzayan - Sputnik O‘zbekiston
AQSh ham Eron ham qizil chiziqni kesib o‘tishdi - ekspert

"Rossiya mavjud ziddiyatlar faqatgina muloqot davomida, muzokaralar stoli atrofida hal etilishi tarafdori. O‘tgan yili yozda taqdimoti o‘tkazilgan Rossiyaning Fors qo‘ltig‘ida kollektiv xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha konsepsiyasi mana shunga yo‘naltirilgan. Qator davlatlar tomonidan ilgari surilayotgan bir-biriga qarshi bo‘lish sxemalaridan farqli ravishda, biz mintaqaga konstruktiv, birlashtiruvchi kun tartibini taqdim etmoqdamiz, tahdid va xatarlarga qarshi birgalikda kurashish mexanizmlarini shakllantirishga chaqirmoqdamiz", - dedi Lavrov.

Moskva pozitsiyasiga ko‘ra, "ushbu tashabbusning izchillik bilan davom ettirilishi, Yaqin Sharqdagi vaziyatni sog‘lomlashtirish bo‘yicha muhim qadam bo‘lib, u yerda o‘zaro ishonch arxitekturasiga asos solishga imkon berardi".

Yangiliklar lentasi
0