Eron raketa zarbasidan yuzdan ortiq AQSh askarlari kontuziya bo‘ldi

© Foto : U.S. Marine Corps / Sgt. Kyle TalbotAmerikanskiy morskoy pexotines na territorii posolstva SShA v Bagdade, Irak. 4-yanvarya 2019
Amerikanskiy morskoy pexotines na territorii posolstva SShA v Bagdade, Irak. 4-yanvarya 2019 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iroqda Eron raketa zarbasi oqibatida 109 nafar AQSh harbiy xizmatchisi kontutsiya bo‘ldi. Germaniyaga davolanish uchun 27 nafar askar yuborildi.

TOShKENT, 11 fev – Sputnik. Iroqda Eron raketa zarbasi oqibatida 109 nafar AQSh harbiy xizmatchisi kontutsiya bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti Pentagon matbuot xizmatiga asosan xabar qildi.

Amerikanskiy morskoy pexotines na territorii posolstva SShA v Bagdade, Irak. 4-yanvarya 2019 - Sputnik O‘zbekiston
Eron zarbasidan jarohatlangan AQSh askarlari soni 64 taga yetdi

Ta’kilanishicha, jarblanganlar soni 45 kishiga ortdi.

Matbuot xizmati ma’lum qilishicha, 76 kishi o‘z xizmat vazifalarini bajarishga qaytdi.  Germaniyaga batafsil davolanish uchun 27 nafar askar yuborildi. Keyinchalik ulardan 21 nafari AQShga yuborildi.

AQSh Bog‘dodda 3-yanvar kuni ironlik general Qosim Sulaymoniyni o‘ldirish bo‘yicha maxsus amaliyotni o‘tkazdi. Shunga javoban Eron Iroq g‘arbida joylashgan Eyn-al-Asad bazasiga raketa zarbasini amalga oshirdi.

Dastlab AQSh prezidenti Donald Tramp va Pentagon rahbariyati Eron zarbasidan jarohatlangan askarlar yo‘qligi haqida bayonot bergandi. Davlat rahbari Eronga javob zarbasi berilmasligi, buning o‘rniga yangi sanksiyalar kiritilishini aytgan.

Keyin AQSh harbiylari jarohatlanganlar borligini tan oldi. Bundan tashqari, ularning soni doimiy ravishda ko‘payib borgan. Pentagon buni kontuziya alomatlari darhol paydo bo‘lmasligi, harbiylarning holatini dastlabki baholash yakuniy tashxisdan farq qilishi mumkinligi bilan izohladi.

Yangiliklar lentasi
0