TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Pentagon noan’anaviy jinsiy oriyentatsiyaga ega harbiy xizmatchi Nataniel Bemega Sietlda o‘tkazilgan gey-paradda harbiy formada qatnashishga ruxsat berdi, deb xabar qildi Amerika OAVlariga tayangan holda RIA Novosti.
"Men Iroqda xizmat qilganimda "so‘rama-gapirma" siyosati mavjud edi, va men, o‘zim singari boshqa xizmatdoshlarim qatorida sukut saqlashga majbur bo‘lganman", — deydi Beme.
Harbiyning so‘zlariga ko‘ra, u gey-paradda formada ishtirok etishiga ruxsat beruvchi maktubni olganida xursandligidan yig‘lab yuborgan.
AQSh Harbiy kuchlari 2010-yilning 22-dekabrida o‘zining noan’anaviy oriyentatsiyasini boshqalardan yashirmagan shaxslarga armiyada xizmat qilishni ta’qiqlovchi "so‘rama — gapirma" siyosatini rasman bekor qilgan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.