https://oz.sputniknews.uz/20200217/Diamond-Princess-kemasida-rossiyalik-koronavirus-yutirib-oldi-13484241.html
Diamond Princess kemasida rossiyalik koronavirus yuqtirib oldi
Diamond Princess kemasida rossiyalik koronavirus yuqtirib oldi
Kema 5 fevraldan buyon Iokogamada ikki haftalik karantinda turibdi. Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, unda COVID-2019ni yuqtirganlarning umumiy soni 450 kishidan... 17.02.2020, Sputnik Oʻzbekiston
2020-02-17T17:46+0500
2020-02-17T17:46+0500
2020-02-17T17:46+0500
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1341/83/13418327_0:310:3075:2048_1920x0_80_0_0_20c5b5aafac626744c0719e3422074ec.jpg
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2020
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1341/83/13418327_0:116:3075:2048_1920x0_80_0_0_2b608e12f99e2a89185ed3e658d34cba.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
covid-19 umumjahon pandemiyasi
covid-19 umumjahon pandemiyasi
Diamond Princess kemasida rossiyalik koronavirus yuqtirib oldi
Kema 5 fevraldan buyon Iokogamada ikki haftalik karantinda turibdi. Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, unda COVID-2019ni yuqtirganlarning umumiy soni 450 kishidan oshgan.
TOSHKENT, 17 fev – Sputnik. Yaponiyaning Iokogama portida karantinda turgan Diamond Princess sayohat kemasidagi rossiyalik ayolda COVID-19 koronavirusi aniqlandi. Bu haqda Rossiyaning Tokiodagi elchixonasi xabar qildi.
Taʼkidlanishicha, rossiyalik tez orada kasalxonaga yotqiziladi va u yerda davolanadi.
Elchixona vaziyatni nazoratga olgani va bundan keyin ham fuqarolarga zaruriy yordam koʻrsatishda davom etishini qayd etgan.
Kema 5 fevraldan buyon Iokogamada ikki haftalik karantinda turibdi. Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, unda COVID-2019ni yuqtirganlarning umumiy soni 450 kishidan oshgan. Bortda jami 3,4 ming kishi bor. Kemadagi rossiyaliklar orada bu birinchi aniqlangan holat sanaladi.