TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Rossiyaning Chita shahrida Koronavirus bilan kasallangan Xitoy fuqarosi tuzalib ketdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Kecha 11-fevral kuni Tumen shahar shifoxonasida davolanayotgan yana bir xitoylik talaba qiz koronavirus kasalidan tuzalib ketgani haqida xabar qilingan edi.
Shunday qilib, Rossiya hududida aniqlangan, 2 ta koronavirus bilan kasallanish holati ham ijobiy natija bilan yakunlandi. Ayni damda Rossiya hududida koronavirus bilan kasallangan boshqa fuqarolar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda dunyoda COVID-19 (koronavirusning rasmiy nomi) bilan kasallangan kishilar soni 44 mingdan oshdi, ulardan 4,7 ming nafari tuzalib ketgan. Ushbu virudan 1113 kishi vafot etdi.