Buxorodagi yig‘ilishda birdaniga 11 nafar IIV xodimlari ishdan bo‘shatildi

© Press-slujba MVDV UVD Buxarskoy oblasti sostoyalos rasshirennoe soveshanie s uchastiyem MVD Uzbekistana Pulata Bobojonova.
V UVD Buxarskoy oblasti sostoyalos rasshirennoe soveshanie s uchastiyem MVD Uzbekistana Pulata Bobojonova. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buxoro viloyatida Po‘lat Bobojonov ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda IIV tizimidagi qator amaldorlar o‘z lavozimidan ayrildi.

TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

IIV xabariga ko‘ra, yig‘ilishda asosiy e’tibor 2019-yil davomida va joriy yilning o‘tgan davrida viloyatda jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash borasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligiga qaratilgan. Aholi tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash va fuqarolarning mol-mulklarini ishonchli muhofazalash, yoshlar ishtirokidagi huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar va yo‘lga qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy tahlil qilingan.

Glava MVD Uzbekistana Pulat Babadjanov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston IIV rahbari tizim obro‘siga putur yetkazayotgan kadrlardan tashvishda

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yil davomida viloyatda sodir etilgan jinoyatlar soni 8,5 foizga, shu jumladan, qotillik 31,6 foizga, og‘ir tan jarohati yetkazish 15,9 foizga, bosqinchilik 50 foizga, o‘g‘irlik 28,3 foizga, firibgarlik 10,4 foizga kamayishiga erishilgan.

Shu bilan birga, viloyatning ayrim hududlarida ichki ishlar organlarining boshqa huquq-tartibot idoralari va keng jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlikda, huquqbuzarliklarni oldini olish borasida aniq yondashuv asosida tizimli ish olib borilmaganligi keskin tanqid qilindi.

“Yig‘ilishda xizmatni tashkil etishda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan Qorako‘l tumani IIB boshlig‘i O.Qurbonov, Buxoro viloyati IIB probatsiya bo‘limi boshlig‘i B.Asadov, Buxoro tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh.Gadoyev, Peshko‘ tumani IIB boshlig‘ininig yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Salixov, Qorako‘l tumani IIB tergov bo‘linmasi boshlig‘i F.Norov hamda 6 nafar profilaktika inspektorlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, Buxoro viloyati IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i, Buxoro tumani IIB boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Buxoro viloyati IIB 1-sonli jazoni ijro etish koloniyasi boshlig‘ining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosariga intizomiy jazo choralari berilgan.

Uchrashuv yakunida kelgusida ushbu yo‘nalishdagi ishlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish, jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish bo‘yicha yo‘l xaritalarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Yangiliklar lentasi
0