Transport vaziri: aeroportlar xizmati 20 foizga arzonlashadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVstrecha pervix passajirov v novom mejdunarodnom terminale aeroporta Tashkent
Vstrecha pervix passajirov v novom mejdunarodnom terminale aeroporta Tashkent  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Elor G‘aniyevning ta’kidlashicha, vazirlik narxlar mintaqadagi o‘rtacha ko‘rsatgichdan yuqori bo‘lmasligi uchun aviayoqilg‘i narxini nazorat qiladi.

TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Bugungi kunda O‘zbekistonda aviayoqilg‘i narxi sezilarli pasaytirilgan – 1 tonna narxi 880 dollar atrofini tashkil etadi.

Transport vazirligi rahbari Elor G‘aniyev “Uzbekistan GTL” loyihasi ishga tushirilishi aviayoqilg‘i bozordagi muhim qadam bo‘lishini aytdi. Joriy yilda korxona ishga tushirilishi kerak. Uning taxmin qilinayotgan quvvati 1 mln 700 ming tonna turli yoqilg‘ilarni ishlab chiqarish (dizel, benzin, aviakerosin). 

V mejdunarodnom aeroportu Nukus vveden v ekspluatatsiyu noviy passajirskiy terminal  - Sputnik O‘zbekiston
"Toshkent-Sharqiy" aeroporti kelasi yil ishga tushadi

“Ishonchim komilki, ushbu korxonaning ishga tushirilishi bilan bizda, umuman olganda, aviayoqilg‘i bilan ta’minlashda muammo bo‘lmaydi. Afsuski, hozir uni ishlab chiqarish “O‘zbekiston havo yo‘llari" va “Uzbekistan Airports”ni to‘liq ta’minlash uchun yetarli darajada emas, shuning uchun yoqilg‘ini import qilishga majburmiz”, - dedi vazir Sputnik muxbiriga.

Biroq, vazirning so‘zlarga ko‘ra, shu bilan birga narx kamida 120-140 dollarga pasaytirilgan va bu raqobatning rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratadi. G‘aniyev vazirlik narxlar mintaqadagi o‘rtacha ko‘rsatgichdan yuqori bo‘lmasligi uchun aviayoqilg‘i narxini nazorat qilishini ta’kidladi.

Shuningdek, Trasport vazirligi rahbari idoraning yaqin kelajakdari rejalari “aeroport yig‘imlari” qisqartirish ekanini qayd etdi.

“Bu katta summa, biz uni kamida 20 foizga pasaytirishni rejalashtirmoqdamiz. Shunday qilib, aeroport xizmatlari 20 foizga arzonlashadi va bu ham yo‘lovchi tashuvchilar, ham yuk tashuvchilar uchun aeroportlarimizning jozibadorligini oshirishga turtki bo‘ladi. Biz O‘zbekiston yanada jozibador yo‘nalish bo‘ladigan sharoitlar yaratamiz”, - dedi G‘aniyev.

Yangiliklar lentasi
0