"Toshkent-Sharqiy" aeroporti kelasi yil ishga tushadi

© SputnikV mejdunarodnom aeroportu "Nukus" vveden v ekspluatatsiyu noviy passajirskiy terminal
V mejdunarodnom aeroportu Nukus vveden v ekspluatatsiyu noviy passajirskiy terminal  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi "Toshkent-Sharqiy" aeroporti kelasi yildan ishga tushadi va Toshkent xalqaro aeroportiga yo‘lovchi oqimini oshirishda ko‘mak beradi.

TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Uzbekistan Airports AJ vakili Ravshan Ismoilov xabar berishiga ko‘ra “Toshkent-Sharqiy” xalqaro aeroporti qurilishi ayni damda ildam qadamlar bilan amalga oshirilmoqda va u kelgusi yilda ishga tushadi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.  

“Bu o‘zining yo‘lovchi va yuk terminaliga ega bo‘lgan to‘laqonli aeroport bo‘ladi. Uni Toshkent aeroporti bilan birlashtirib xab sifatida foydalanish rejalashtirilmoqda. Parvozlar va yo‘lovchilar sonini oshirishda Toshkent xalqaro aeroportiga “Toshkent-Sharqiy” aeroporti yordam beradi”, - deydi Ravshan Ismoilov.

Uzbekistan Airports vakili so‘zlariga ko‘ra, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti kelajakda Toshkent shahridan tashqariga ko‘chirilishi mumkin. Yangi aeroport Toshkentdan 30-35 km uzoqlikda, Angren yoki Chinoz tomonida qurilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, "Toshkent-Sharqiy" aerodromi o‘rnida zamonaviy aeroport barpo etish haqida 2018-yilda Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan edi. Yangi aeroport qurilishi uchun nafaqat eski "Toshkent-Sharqiy" aerodromi hududi, binolari va uskunalari balki Mudofaa vazirligining 94 va 122-harbiy shaharchalari, shuningdek "Toshkent mexanika zavodi" AJning binolari hamda inshootlari va tegishli hududi bilan ajratilgan edi. 

Yangiliklar lentasi
0