O‘zbekistonda 800dan ortiq namuna tekshirilib koronavirus topilmadi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishProbirki s biomaterialom v laboratornom komplekse
Probirki s biomaterialom v laboratornom komplekse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 800dan ortiq namuna tekshirilib koronavirus topilmadi, 771 nafar fuqaro 14 kunlik tibbiy kuzatuvga olingan.

TOShKENT, 11 fev — Sputnik. O‘zbekistonda 812ta namuna tekshirilib, ularda koronavirus topilmadi, deb xabar qilmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi.

Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik agentligi virusologiya laboratoriyasida joriy yilning yanvar oyidan boshlab 10-fevral kunigacha 812ta namunalar koronavirus infeksiyasiga tekshirilib, ushbu namunalarda koronavirus infeksiyasi topilmadi, - deyilgan xabarda.

Mazkur agentlikning koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish shtabi so‘nggi oy davomida Xitoydan qaytgan 3447 nafar fuqarolarni ko‘rikdan o‘tkazgani va ularning 2676 nafarida koronavirus yashirin davri yakunlangani va ularda kasallik alomatlari topilmaganini xabar qilgan edi.

Shuningdek, bugungi kunda 771 nafar fuqarolar 14 kunlik tibbiy kuzatuvga olingani ham aytib o‘tilgan.

So‘nggi ma’lumotga ko‘ra, bugungi kunda koronavirus bilan kasallangan fuqarolar soni Xitoyda 40235 mingdan, dunyo bo‘yicha 40553 nafarni tashkiml qilgan. Virus bilan zararlanganlar sonining kunlik o‘sish miqdori 8 %ni (2987 nafar) tashkil etmoqda. 1000 dan ortiq kishi vafot etgan. Ushbu kasallikdan XXRdan tashqari yana 25ta davlatda 318 nafar fuqarolarda qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0