TOShKENT, 31 yanv - Sputnik. Eronning Iroqdagi AQSh bazalarini o‘qqa tutishi natijasida kontuziya olgan AQSh harbiylari soni 64 taga yetdi, deb habar berdi RIA Novosti Pentagon ma’lumotiga asosan.
Idora ma’lumotlariga ko‘ra, ularga yengil miya jarohati tashxisi qo‘yilgan. Oldingi hisobot taqdim qilingan vaqtidan beri, ya’ni chorshanba kunidan, bu tashxis yana 14 nafar harbiyga qo‘yildi. Jami jabrlangan harbiylardan 39 nafari xizmatga qaytdilar.
Eslatib o‘tamiz, AQSh 3-yanvar kuni Bag‘dodda Eron generali Kassam Sulaymoniyni yo‘q qilish amaliyotini o‘tkazdi. Bunga javoban Eron AQSh qo‘shinlari joylashgan Iroq bazalariga raketa hujumlarini amalga oshirdi.
Dastlab Donald Tramp va Pentagon rahbariyati otishmadan jabrlanganlar yo‘qligi haqida bayonot bergan edi. Prezident Tramp Eronga qarshi qasos olmaslik va yangi sanksiyalar bilan chekinishligi to‘g‘risidagi qarorini tushuntiriyotib, bunga alohida urg‘u berdi.
Keyin harbiylar orasida jabrlanganlar borligini tan olishga majbur bo‘lishdi. Va ularning soni doimiy ravishda o‘sib borardi. Pentagon buni kontuziya alomatlari darhol paydo bo‘lmasligi va harbiylarning holatini dastlabki baholash yakuniy tashxisdan farq qilishi mumkinligi bilan izohladi.