Singapur olimlari koronavirusga qarshi vaksina yaratmoqda

© REUTERS / CDCSvetnoe izobrajenie koronavirusa
Svetnoe izobrajenie koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Singapurlik olimlar yangi koronavirusga qarshi vaksiya yaratish bo‘yicha ish olib bormoqda. Vaksina sinovi uch oydan so‘ng amalga oshiriladi.

TOShKENT, 10 fev – Sputnik. Singapurlik olimlar yangi koronavirusga qarshi vaksiya yaratish bo‘yicha ish olib bormoqda. The Straits Times nashri xabariga asosan.

Xitoyda yana bir kasallik tarqalmoqda

Ta’kidlanishicha, 3 oydan so‘ng sinovdan o‘tkazish rejalashtirilgan.

Immunitetga ta’siri va salbiy holatlarni aniqlash maqsadida sinov sog‘lom kishilarda o‘tkaziladi.

Bundan avval Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko, yangi koronavirusga qarshi vaksina tayyorlash uchun  8-10 oy muddat kerakligini ta’kidlagandi.

Xitoy hukumati yangi virus tarqalishini oldini olish va profilaktikasiga 71,8 milliard yuan (taxminan 10,3 milliard dollar) ajratgani ma’lum bo‘ldi.

Bugungi kunda yangi koronavirus bilan 40,1 mingdan ortiq kishi kasallandi. Virusdan 908 kishi vafot etdi.

Yangiliklar lentasi
0