Xitoyda yana bir kasallik tarqalmoqda

Obuna bo‘lish
Xitoy janubi-g‘arbidagi Sichuan viloyatida H5N6 parranda grippi tarqalmoqda. Epidemiya oldini olish maqsadida 4 mingdan ortiq parranda yo‘q qilindi.

TOShKENT, 10 fev – Sputnik. Xitoy janubi-g‘arbidagi Sichuan viloyatida H5N6 parranda grippi tarqalmoqda, deb xabar qildi RIA Novosti Xitoy Qishloq xo‘jalik vazirligi xabariga asosan.

Pangolin - Sputnik O‘zbekiston
Olimlar yana bir koronavirus tarqatuvchisini aniqladi

Qayd etilishicha, parranda grippi Nanchun shahar okrugi Sichun uyezdidagi fermalardan birida aniqlangan. Insonlarning parranda grippi bilan kasallanish holati hozircha qayd etilmagan.

Fermada sal kam 2,5 ming dona parranda bo‘lgan, ulardan 1,84 ming donasi gripp yuqtirish oqibatida nobud bo‘lgan.

Epidemiya tarqalganidan so‘ng mahalliy hukumat kasallik tarqalishining oldini olish choralarini ko‘rib, 2,26 mingta parrandani yo‘q qilgan.

Avvalroq Xitoyning yangi turdagi koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Xubey provinsiyasining janubiy chegarasida joylashgan Xunan viloyatida H5N1 parranda grippi tarqalgan haqida xabar qilingandi. O‘sha vaqtda 4,5 ming paranda halok bo‘ldi. Epidemiya tarqalishini oldini olish maqsadida 17,8 ming dona parranda yo‘q qilindi.

Yangiliklar lentasi
0