Samarqandda IIB xodimlari 3-qavatda osilib qolgan bolakayni qutqarib qolishdi

Obuna bo‘lish
Viloyat IIBga 9-sinf o‘quvchisi ko‘p qavatli uyning 3-qavatida joylashgan xonadonlardan birining derazasida bolakay osilib qolganligi to‘g‘risidagi xabar qilgan.

TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Samarqanddagi xonadonlardan birining 3-qavatida osilib qolgan bolakayni qutqarib qolindi.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, Samarqand shahar 33-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Ziyodullayeva Parvina Gagarin ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning 3-qavatida joylashgan xonadonlardan birining ayvoni tashqi tomoni derazasida bolakay osilib qolganligi to‘g‘risidagi xabar qiladi.

Mashina militsii v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Termizda tiriklayin yonib ketishi mumkin bo‘lgan ikki keksa ayol qutqarib qolindi

Zudlik bilan bolakayga yordam ko‘rsatib uning hayotini saqlab qolish maqsadida IIB xodimlari Sh.Narzullayev va X.Bahronovlar shu ko‘p qavatli uyda yashovchi fuqarodan adol olib bolakay 3-kavatdan tushib ketgan taqdirda uni ushlab qolish uchun xavfsizlik choralarini ko‘rishadi.

Serjant J.Ismatov, F.Umurqulov hamda safdor I.Abdusattarovlar yuqoriga ko‘tarilib, xonaning eshigini taqqilatishganida xonadonda hech kim yo‘qligi ma’lum bo‘ladi. Shundan so‘ng xodimlar lom olib kelib, xonaning eshigini buzishadi.  Ichkariga kirib derazaga osilib turgan 2013-yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan, G‘afurov Islombekni qutqarib olishadi.

Bolakayning onasi u farzandini uxlatib, o‘zining shaxsiy yumushlari bilan tashqariga chiqib ketganligi ma’lum bo‘ladi.

Bolakayning onasi bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, kelgusida farzandini uyda qarovsiz qoldirib ketmasligi bo‘yicha ogohlantirildi.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ushbu holatda tashabbus ko‘rsatgan fukarolar Daminova Saodat hamda Kamilova Matlubalarga minnatdorchilik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Olmazor tumanida besh qavatli uyning beshinchi qavatida uch yoshli bola osilib qolgani va pastga tushib ketgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0