TOShKENT, 9 fev — Sputnik. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan Andijon – Ufa – Andijon xalqaro yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdining muntazam qatnovi boshlanadi..Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, №№371/372-sonli Andijon – Ufa – Andijon yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdining muntazam qatnovi kecha soat 20: 15 da boshlangan.
Endilikda vodiy viloyatlaridan mazkur yo‘nalishdagi MDH mamlakatlariga boradigan yo‘lovchilar Andijon, Marg‘ilon, Qo‘qon va Pop vokzallaridan jo‘nashlari mumkin.
Chiptalarni joylardagi chiptaxonalaridan xarid qilish mumkin yoki electron tarzda e-ticket@railway.uz sayti va uning mobil ilovalari orqali rasmiylashtirish imkoniyati mavjud.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “O‘zbekiston temir yo‘llari” 2019-yil oxiri va 2020-yil boshlarida Moskva va Ufaga yangi qatnovni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar qilingan edi.