Toshkent-Omsk yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

© UzAAvtobusi
Avtobusi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilk avtobus 15 fevral kuni soat 18:00 da “Toshkent” avtovokzalidan Omsk shahridagi avtovokzal tomon harakatlanishni boshlaydi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha chipta narxi 450 000 so‘m etib belgilangan

TOShKENT, 8 fev - Sputnik. Joriy yilning 15-fevral kunidan Toshkent-Omsk yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar qildi O‘zbekiston Transport vazirligi.

Avtobus na doroge - Sputnik O‘zbekiston
Aqtobeda ichida 53 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus to‘xtab qolgani tasdiqlandi

Ta’kidlanishicha, qatnov Rossiya Federatsiyasiga boruvchi yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan.

Qatnovlar zamonaviy avtobuslarda haftaning seshanba va shanba kunlari malga oshirilishi qo‘shimcha qilingan.

Shaharlar o‘rtasidagi 2 200 km masofani avtobuslar 32 soatda bosib o‘tadi.

"Ushbu yo‘nalish bo‘ylab ilk avtobus 15 fevral kuni soat 18:00 da “Toshkent” avtovokzalidan Omsk shahrining “Kamarova” avtovokzali tomon harakatlanishni boshlaydi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha chipta narxi 450 000 so‘m etib belgilangan", - deyiladi xabarda.  

Yo‘lovchilarga yuqori darajada servis xizmatini ko‘rsatish va tashuvlar xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Yo‘nalishga chiqishdan oldin avtobuslar texnik ko‘rikdan haydovchilar esa tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Yo‘lovchi tashish faoliyati sug‘urta kompaniyasi tomonidan sug‘urtalangan.

Yangiliklar lentasi
0