Qozog‘iston janubida ommaviy mushtlashuv yuz berdi

© Sputnik / Andrey Varenkov / Mediabankka o‘tishDraka
Draka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston prezidenti so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda holat politsiya va Milliy gvardiya nazoratiga olingan. Tokayev davlat organlari "ushbu jiddiy hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha" zudlik bilan choralar ko‘rishlari lozimligini alohida ta’kidlab o‘tgan.

TOShKENT, 8 fev - Sputnik. Qozog‘iston janubidagi Jambil viloyatida juma kuni yuz bergan ommaviy mushtlashuv oqibatida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar bor, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. Hodisa haqida mamlakat prezidenti Kasim-Jomart Tokayev xabar qilgan.

Verxovniy muftiy Kazaxstana Serikby kaji Oraz   - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston Oliy muftiysi sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli iste’foga chiqdi

Qozog‘istonning Jambil viloyati politsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Korday tumani Masanchi qishlog‘ida aholi o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz bergan. Politsiya kuchlari yordamida mojaro bartaraf etilgan, "bezorilik" moddasi bo‘yicha tergov ishlari boshlab yuborilgan. Huquq-tartibot organlari mojaroni boshlagan va ishtirok etganlar shaxsini aniqlashtirmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan videoda o‘q ovozlari eshitilgan va yonayotgan uylar aks etgan.

Ijtimoiy tarmoqda izoh qoldirgan ayrim internet foydalanuvchilari ushbu to‘qnashuvlarni millatlararo nizo bilan bog‘lashga urinishgan. Ushbu hududda dungan millatiga mansub fuqarolar ham yashab keladilar.

"Bugun tunda Jambil viloyatining Korday tumanidagi bir qator aholi punktlarida mahalliy aholi o‘rtasida ommaviy to‘qnashuvlar va mushtlashuv yuz bergan. Fitnachilar ushbu vaziyatdan foydalanishga harakat qilishdi. Afsuski, halok bo‘lganlar va jabrlanganlar bor", - deb xabar qilgan Tokayev. Prezident bayonoti uning matbuot-xizmati tomonidan e’lon qilingan.

Qozog‘iston prezidenti so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda holat politsiya va Milliy gvardiya nazoratiga olingan. Tokayev davlat organlari "ushbu jiddiy hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha" zudlik bilan choralar ko‘rishlari lozimligini alohida ta’kidlab o‘tgan.

Qozog‘iston IIV rahbari Yerlan Turgumbayev Jambil viloyati Korday tumanida yuz bergan ommaviy mushtlashuvda sakkiz kishi halok bo‘lgani haqida bayonot bergan.

Ommaviy tartibsizlik natijasida 40 kishi tan jarohatlari olgan va o‘qotar qurol bilan jarohatlangan. Xizmat vazifasini bajarayotgan ikki politsiya xodimi ham o‘qotar qurol bilan jarohatlangan.

Yangiliklar lentasi
0