Hodisalar

Nukuslik oʻqituvchi firibgarning Nigeriyadagi hisobiga 165 mln oʻtkazdi

© Sputnik / Aleksey Filippov /  / Mediabankka oʻtishMujchina s telefonom
Mujchina s telefonom - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Firibgar oʻzbekistonlik bilan internet tarmogʻi orqali tanishgan va unga AQShdagi nufuzli kompaniyaga ishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan. Natijada fuqaroni 17 ming dollarga chuv tushirgan.

TOSHKENT, 23 dek – Sputnik. Nukuslik oʻqituvchi firibgarning Nigeriyadagi hisobiga 165 mln oʻtkazdi va firibgarning qurboniga aylandi.

Goroda mira. Nyu-York - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Amerikaga borish orzusi qimmatga tushdi

IIVning “Postda.uz” nashrining xabar qilishicha, Nukus shahridagi maktablardan birida oʻqituvchi boʻlib ishlaydigan G.P. internet tarmogʻi orqali Mark Robert ismli shaxs bilan tanishib qoladi. Notanish shaxs unga AQShdagi nufuzli kompaniyaga ishga kiritib qoʻyishini aytib, ishonchiga kiradi.

Fuqaro iyun-avgust oylari mobaynida hujjatlar, viza, yoʻlkira va boshqa “xarajatlar” uchun jami 165 million 323 ming soʻm pul mablagʻini xalqaro pul oʻtkazmalari orqali Nigeriya davlatidagi hisob raqamlariga oʻtkazib yuboradi. Ammo firibgar bergan vaʼdasining ustidan chiqmaydi.

Ayni paytda jinoyatni sodir etgan shaxsni aniqlash va ushlash choralari koʻrilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Yangiliklar lentasi
0