Poytaxtdan Toshkent viloyati hududlariga tezurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVokzal "Tashkent-Yujniy posle rekonstruksii
Vokzal Tashkent-Yujniy posle rekonstruksii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda XXR, Rossiya, Shveysariya va Janubiy Koreyadagi yo‘lovchilar tashish vagonlarini ishlab chiqaruvchi yetakchi zavodlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.

TOShKENT, 8 fev — Sputnik. "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumaniga xorijiy sayyohlarni jalb qilish va ichki turizmni rivojlantirish maqsadida navbatdagi loyihani amalga oshirishni boshladi.

Teplovoz s gruzovimi vagonami - Sputnik O‘zbekiston
Bishkekda MDH temiryo‘l transporti rahbarlari o‘zaro hamkorlikni muhokama qilishmoqda

Bu haqda kompaniya rasmiy saytida xabar berilmoqda.

Xabarda aytilishicha, tezurar poyezdlar "Toshkent-Markaziy" temiryo‘l vokzalidan ishga tushirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, vokzalda turniketlar joriy etilishi, bu bilan vokzalga kirish nafaqat qog‘oz va elektron chiptalar, balki QR-kod bo‘yicha amalga oshirilishi kutilmoqda. Marshrut bo‘yicha reyslar soni ham oshiriladi.

Ayni vaqtda XXR, Rossiya, Shveysariya va Janubiy Koreyadagi yo‘lovchilar tashish vagonlarini ishlab chiqaruvchi yetakchi zavodlar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Bundan maqsad - zamonaviy, o‘ta qulay, elektr va dizel poyezdlarini xarid qilishdir.

Ayni vaqtda, mavjud temir yo‘l chiptalarining elektron sotuvi tizimi modernizatsiya qilinmoqda. Ushbu tizimni Master Card, Visa, Maestro, Union Pay va Amerisan Express singari xalqaro to‘lov tizimlariga integratsiya qilish ustida ishlar olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0