Bishkekda MDH temiryo‘l transporti rahbarlari o‘zaro hamkorlikni muhokama qilishmoqda

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishTeplovoz s gruzovimi vagonami
Teplovoz s gruzovimi vagonami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kengash yig‘ilishida temiryo‘l ma’muriyatlari o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar, yuk vagon va konteynerlarini ro‘yxatga olish masalalari ko‘rib chiqiladi.

TOShKENT, 17-may – Sputnik. Bishkekda MDH temiryo‘l transporti Kengashining 68-majlisi boshlandi, deb xabar berdi “Rossiya temiryo‘llari” matbuot xizmati.

Mazkur temiryo‘lchilar sammitida Rossiya, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, Gruziya, Latviya mamlakatlaridan tashqari, Bolgariya, Finlyandiya, Eron davlatlarining temiryo‘l transporti rahbarlari va vakillari ishtirok etmoqda.

Kengash yig‘ilishida temiryo‘l ma’muriyatlari o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar, yuk vagon va konteynerlarini ro‘yxatga olish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Bundan tashqari, Kengash tasdiqlashi uchun 30dan ortiq normativ hujjatlar loyihalari va ularga qo‘shimchalar tayyorlangan.

Yangiliklar lentasi
0