Koronavirus haqida birinchi bo‘lib xabar bergan xitoylik shifokor vafot etdi

© Foto iz sos seteyLi Venlyan - vrach kotoriy perviy soobshil o koronaviruse
Li Venlyan - vrach kotoriy perviy soobshil o koronaviruse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirus epidemiyasi haqida birinchi bo‘lib xabar bergan Xitoylik 34 yoshli shifokor Li Venlyan vafot etdi.

TOShKENT, 7 fev - Sputnik. Koronavirusning yangi turi haqida birinchi bo‘lib xabar bergan, odamlarni epidemiyadan ogohlantirmoqchi bo‘lgan xitoylik shifokor Li Venlyan vafot etdi, deb xabar qilmoqda Global Times.

Spetsialisti ministerstva zdravooxraneniya v aeroportu Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirus tufayli kuzatuvga olingan kishilar soni ma’lum bo‘ldi  

Uxan shahri markaziy shifoxonasi doktori Li Venlyan 30-dekabr kuni WeChat tarmog‘idagi o‘z hamkasblariga bir kunda "Xuanan" dengiz mahsulotlari bozorida 7ta SARS infeksiyasi yuqish holati qayd etilganini va ular koronavirusning yangi turiga (shtammiga) taaluqli ekanini xabar qilgan.

Ushbu post tez orada tarqalib, odamlar orasida vahima paydo bo‘la boshlagan, chunki odamlar SARS epidemiyasi qaytishidan juda qo‘rqishgan.

Bir necha kundan so‘ng Li Venlyan va yana 7 nafar shifokor politsiya bo‘linmasiga chaqirilib, “yolg‘on ma’lumot” tarqatib odamlarni vahimaga solmaslik haqida ogohlantirilgan.

Li Venlyan 11-yanvar kuni uning tana harorati oshib yo‘tal paydo bo‘lganini xabar qilgan. O‘zida koronavirus qayd etilgani haqidagi post shifokorning ijtimoiy tarmoqdagi so‘nggi posti bo‘lgan. Bir necha kun davolanishdan so‘ng 6-fevral tunda u vafot etgan.

Vspishka pnevmonii neizvestnogo proisxojdeniya. Predvaritelno ustanovleno, chto vozbuditelem zabolevaniya stal noviy tip koronavirusa — 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Kimlar koronavirusga kamroq moyil - olimlar tahlili

Eslatib o‘tamiz, SARS yoki atipichnaya pnevmoniya virusi Xitoyga 2003-yilda “hujum” qilgan edi. O‘shanda dunyoning 30ta mamlakatida 8,4 ming kishi ushbu virus bilan kasallangan va 813 kishi vafot etgan edi.

Xitoy hukumati 2019-yilning 31-dekabr kuni Xubey viloyati Uxan shahrida noma’lum virus tarqalgani haqida xabar bergan edi. Shundan so‘ng shahar yopilib 14 kunlik karantin e’lon qilingan edi. Fevral oyining boshida

31 yanvar kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Xitoyda koronavirus tarqalishini Xalqaro favqulodda holat deb oldi. Bugungi kunda aksariyat davlatlar Xitoy bilan barcha transport aloqalarini to‘xtatgan. Ushbu virus bilan kasallanganlar soni 28 ming kishini, vafot etganlar soni 563 kishini tashkil qilmoqda. Yana 3 mingdan ortiq bemorlar og‘ir ahvolda.

Yangiliklar lentasi
0