TOShKENT, 6 fev – Sputnik. Koronavirus tarqalishi epidemiologik xususiyatlarining tahlili shuni ko‘rsatdiki, bemorlar orasida bolalar deyarli yo‘q. New England Journal of Medicine jurnalida tadqiqot natijalari chop etilgan.
Tadqiqot davomida Uxanda yangi koronavirus bilan birinchi 425 ta kasallanish holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘plangan. 95 foiz bemorlarda alomatlar birinchi 12 kundan so‘ng paydo bo‘ldi, o‘rtacha inkubatsiya davri 5,2 kun. Dastlab bosqichlarda bemorlar soni har 7,4 kunda ikki baravar ko‘payib bordi, keyin sur’atlar pasaydi.
Uxanda kasallanganlar orasida birorta 15 yoshdan kichik bo‘lgan bola aniqlanmadi.
Olimlarning fikriga ko‘ra, bu bolalarning infeksiyaga kamroq moyil bo‘lishi yoki ularning alomatlari kattalarga qaraganda yengilroq ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Bugungi kunda bemorlarning o‘rtacha yoshi 59 yoshni, ularning 56 foizi erkaklar tashkil qiladi.
“Biz ko‘rgan narsalar va tushunarsiz sabablarga ko‘ra, virus birinchi navbatda kattalarga ta’sir qiladi. Ehtimol, biz barcha ma’lumotlarni ko‘rmayapmiz, chunki Xitoydan kelgan hisobotlar bolalar shifoxonalariga emas, balki faqat katta yoshdagi bemorlarga tegishli”, - tibbiyot mutaxassis Richard Martinello degan so‘zlarini keltiradi ScienceAlert portali.
Olimlar ta’kidlashicha, bolalar kamroq moyilligi koronavirus infeksiyasining oldingi ikki holatida – SARS-CoV atipik pnevmoniya va MERS-CoV Yaqin Sharq sindromida qayd etilgan.
Dekabr oyi yakunida Xitoy hukumati Xubey viloyatida noma’lum pnevmoniyaning tarqalgani haqida xabar qildi. Keyinchalik, kasallik qo‘zg‘atuvchisi koronavirus 2019-nCoV ekani aniqlandi. Yangi tipdagi koronavirus bilan kasallangan bemorlar soni 28 ming kishidan oshdi, 563 kishi vafot etdi.