Koronavirusga qarshi kurash uchun qancha mablag‘ kerakligi ma’lum bo‘ldi

© REUTERS/Soe Zeya TunSotrudnik aeroporta nosit masku, chtobi predotvratit rasprostranenie novogo koronavirusa
Sotrudnik aeroporta nosit masku, chtobi predotvratit rasprostranenie novogo koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari koronavirusga qarshi kurash uchun qancha mablag‘ kerakligini ma’lum qildi.

TOShKENT, 6 fev – Sputnik. Koronavirus kelgusi tarqalishini oldini olish va kam rivojlangan davlatlarni himoya qilish uchun 675 million dollar sarflash zarur, bu haqda JSST bayonotida ma’lum qilingan.

Uzbekistan nachal evakuatsiyu svoix grajdan iz Uxanya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonliklar koronavirus tarqalgan shaharni qanday tark etdi - video

“Menni eng ko‘p tashvishga soladigan narsa shundaki, hozirgi vaqtda virusni yuqtirgan odamlarni aniqlash tizimlari mavjud bo‘lmagan davlatlar mavjud”, - degan JSST rahbari Tedros Adxan Gebreyes so‘zlari keltirilgan hujjatda.   

U sog‘liqni saqlash tizimi zaif bo‘lgan davlatlarga zudlik bilan yordam ko‘rsatish zarurligini ta’kidladi.

Dekabr oyi yakunida Xitoy hukumati Xubey viloyatida noma’lum pnevmoniyaning tarqalgani haqida xabar qildi. Keyinchalik, kasallik qo‘zg‘atuvchisi koronavirus 2019-nCoV ekani aniqlandi. Yangi tipdagi koronavirus bilan kasallangan bemorlar soni 24,3 ming kishidan oshdi, kasallanganlarning sal kam 500 nafari vafot etdi.

Yangiliklar lentasi
0