O‘zbekiston hukumati o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilish uchun bepul charter reysini tashkil qildi. Maxsus samolyotda o‘zbekistonliklardan tashqari, yana besh nafar qozog‘istonlik ham olib ketildi.
Uxan-Toshkent reysi yo‘lovchilaridan biri Sputnik’ga xabar qilishicha, sakkizta avtobusda ular yotoqxonalardan aeroportga yetkazildi. Uxandan olib kelingan fuqarolar maxsus tibbiyot muassasasiga joylashtiriladi.