Koronavirus ortidan “pul ishlamoqchi bo‘lgan” firibgarlar qo‘lga olindi

© AP Photo / Ng Han GuanKitayskaya politsiya
Kitayskaya politsiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoyda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi. Sal kam uch yuz kishi qo‘lga olindi.

TOShKENT, 6 fev – Sputnik. Xitoy huquq tartibot organlari tomonidan koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq mingdan ortiq firibgarlik fosh etilib, 294 kishi qo‘lga olindi, deb xabar qildi RIA Novosti XXR jamoat xavfsizligi vazirligi bayonotiga asosan.

Sotrudnik aeroporta nosit masku, chtobi predotvratit rasprostranenie novogo koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusga qarshi kurash uchun qancha mablag‘ kerakligi ma’lum bo‘ldi

Xabarda ta’kidlanishicha, fuqarolardan firibgarlik yo‘li bilan olingan 6,6 million yuan qaytarib olishga muvaffaq bo‘lindi.

Huquq tartibot organlari tomonian 3 ta asosiy firibgarlik sxemasi aniqlandi. Ko‘pincha huquqbuzarlar himoya niqoblari taqchilligidan foydalib, fuqarolardan pul olishga yig‘ishgan.

Firibgarlar gigiyena niqoblarini sotish haqida turli e’lonlarni tarqatishgan. Biroq pul olgandan so‘ng, jinoyatchilar telefon raqam va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarni blokirovka qilishgan yoki tovarni jo‘natmaslik uchun turli bahonalarni topishga uringan.

Ikkinchi sxema bo‘yicha firibgarlar soxta xayriya tashkilotlar veb-sahifalarini ochib, kasallik tarqalishini oldini olish uchun fuqarolardan pul to‘plagan. Biroq pulni olgandan so‘ng, g‘oyib bo‘lishgan.

Bundan tashqari, firibgarlar messejerlarda ham turli muloqot-guruhlarini ochib, aholidan aldov yo‘li bilan pullarni olishgan.

Yangiliklar lentasi
0