O‘zbekiston Uxanda qolib ketgan qozog‘istonlikni evakuatsiya qildi

© Uzbekskie avialiniiSpetsialisti ministerstva zdravooxraneniya v aeroportu Tashkenta
Spetsialisti ministerstva zdravooxraneniya v aeroportu Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Xitoyning Uxan shahrida qolib ketgan qozog‘istonlik talabani evakuatsiya qilishda yordam berdi.

TOShKENT, 5 fev - Sputnik. O‘zbekiston Uxanda qolib ketgan qozog‘istonlik talabani evakuatsiya qildi. Bu haqda talabaning onasi Sputnik Qozog‘iston nashriga ma’lum qildi.

“Mening o‘g‘limni bugun Toshkentga olib ketishdi. U allaqachon uchib ketgan, hozir yo‘lda. Uni O‘zbekiston borti olib ketdi. Uni qayerga joylashtirishlari haqida ma’lumotga ega emasmiz, asosiysi, uni u yerdan olib ketishdi. Qolganidan hozircha xabarimiz yo‘q”, - degan talabaning onasi.

Uzbekistan nachal evakuatsiyu svoix grajdan iz Uxanya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonliklar koronavirus tarqalgan shaharni qanday tark etdi - video

Qayd etilishicha, talaba Xitoyning Uxan shahrida qolib ketgan, chunki uning vatandoshlarini evakuatsiya qilishayotganda uning harorati ko‘tarilgan. Onasining so‘zlariga ko‘ra, u o‘zini yaxshi qilgan va kasallik alomatlari bo‘lmagan.

Talaba qozog‘istonlik talabalar guruhini nazorat qilgan va ularga Uxandan ketish vaqtida yordam bergan. Vatanga qaytganlarning ota-onasi prezident nomiga Uxanda qolib ketgan talabaga yordam ko‘rsatishni so‘rab murojaat qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 4-fevral kuni 250 nafar, 5-fevral kuni esa 84 nafar fuqarosini Xitoydan olib kelgan edi. Xitoydan olib kelinganlar maxsus tibbiyot muassasasiga joylashtiriladi va 14 kun davomida karantinda bo‘lishadi. Ularning ota-onalari bilan uchrashishi taqiqlanadi. 

Yangiliklar lentasi
0