Harbiy jurnalistning bosh vazifasi - axborot mudofaasini yaratish - Zulfiqorov

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaNachalnik upravleniya informatsii i massovix kommunikatsiy Ministerstva oboroni Uzbekistana Baxrom Zulfikorov
Nachalnik upravleniya informatsii i massovix kommunikatsiy Ministerstva oboroni Uzbekistana Baxrom Zulfikorov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Zulfiqorovning aytishicha, ayni vaqtda Mudofaa vazirligi bilan kelishuv asosida, Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti harbiy jurnalistika fakulteti talabalari vazirlikda amaliyot o‘tamoqda.

TOShKENT, 5 fev - Sputnik. Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i Bahrom Zulfiqorov O‘zbekistonda harbiy jurnalistika sohasi qanday rivojlanayotgani va harbiy jurnalist qanday bo‘lishi kerakligi haqida gapirdi, deya xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Voyennoslujashie SShA vo vremya sovmestnix voyennix ucheniy na baze Vaziani nepodaleku ot Tbilisi, Gruziya - Sputnik O‘zbekiston
Mudofaa vazirligi AQShning O‘zbekistondagi harbiy bazalari haqidagi xabarga oydinlik kiritdi

Zulfiqorovning aytishicha, ayni vaqtda Mudofaa vazirligi bilan kelishuv asosida, Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti harbiy jurnalistika fakulteti talabalari vazirlikda amaliyot o‘tamoqda.

"Harbiy jurnalistika sohasini tanlagan yoshlarni media-boshqarmamiz hamda "Vatanparvar" tahririyati faoliyati bilan bevosita tanishtirib borapmiz. Harbiy jurnalistika sohasi – respublikamizda endi shakllanayotgan, yaratilayotgan soha, desak xato bo‘lmaydi. Shunday jurnalistlar toifasi borki, o‘z faoliyatiga shov-shuvli xabarlar bilan baho beradigan bo‘lsa, harbiy jurnalistlar – fidoyiligi bilan ajralishi kerak. Har bir yozgan maqolasi va xabarida o‘z xalqining o‘zligi, g‘ururi, Vatanga sadoqati, fidoyiligi aks etib, axborot maydonida olib borilayotgan janglarda axborot mudofaasini yaratishi, mustahkam asosli javob qaytara olishi va bunda dunyodagi rivojlangan demokratik davlatlar e’tiroziga sazovor bo‘lmaydigan axborot maydonini shakllantira olishi lozim. Harbiy jurnalistikada maqsad – mudofaa, maqsad – xavfsizlik, maqsad – Vatan manfaati, maqsad - paydo bo‘layotgan nojo‘ya xatti-harakatlarga asosli ravishda Vatan obro‘siga putur yetkazmaydigan darajada izoh berib, bartaraf qilishdan iborat. Biz milliy kadrlarni yaratishda mana shu jihatlarga e’tibor qaratayapmiz", - dedi Zulfiqorov.

Eslatib o‘tamiz, Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi 2019-yilning sentabridan boshlab harbiy jurnalistlarni tayyorlab kelmoqda. Harbiy jurnalistika fakultetiga nafaqat yigitlar, balki qizlar ham hujjat topshirishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0