"Islohotlar natijasi qani?": Mirziyoyev O‘zbekiston havo yo‘llarini tanqid qildi

© Press-slujba prezidentaShavkat mirziyoyev provel sobranie posvashennoe problemam v sfere transporta
Shavkat mirziyoyev provel sobranie posvashennoe problemam v sfere transporta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
o‘tgan yili 4 ta aeroportda “ochiq osmon” rejimi joriy etilib, “beshinchi havo erkinligi” o‘rnatilgan edi. Ammo hanuzgacha bironta ham xorijiy aviakompaniya jalb qilinmagan

TOShKENT, 29 yanv - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston havo yo‘llari faoliyatini, xususan fuqaro aviatsiyasi sohasidagi holatni qattiq tanqid qildi. Tanqidiy fikrlar Mirziyoyev tomonidan 28-yanvar kuni transport tizimini samarali tashkil etish borasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda yangragan.

Suna Park, Mejdunarodniy politicheskiy konsultant, rukovoditel proyekta hashar week - Sputnik O‘zbekiston
Hashar week loyihasi bosh menejeri "Havo yo‘llari"ni ekomadaniyatsizlikda aybladi

Ta’kidlanishicha, milliy aviakompaniya negizida tashkil etilgan Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyatlari mustaqil tashkilotlar sifatida faoliyatini to‘liq yo‘lga qo‘ymagani sababli islohotlar natijasi ko‘rinmayapti.

Shuningdek, o‘tgan yili 4 ta aeroportda “ochiq osmon” rejimi joriy etilib, “beshinchi havo erkinligi” o‘rnatilgan edi. Ammo hanuzgacha bironta ham xorijiy aviakompaniya jalb qilinmagan. Bu holat yo‘lovchilarning asosli e’tirozlariga, boshqa xorijiy aviakompaniyalar xizmatidan foydalanishiga sabab bo‘lmoqda.

Shu bois, Jahon bankining tavsiyalari asosida sohada olib borilayotgan islohotlarni to‘liq yakuniga yetkazish va raqobat muhitini yaratish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.

Navoiy va Termiz xalqaro aeroportlarini yuk tashish xabiga aylantirish maqsadida “ochiq osmon” rejimini joriy etib, xorijiy yuk tashuvchi aviakompaniyalarni keng jalb qilish vazifasi belgilangan.

Yangi aviakompaniyalar faoliyati uchun sharoit yaratish va parvozlar geografiyasini yanada kengaytirish muhimligi ta’kidlangan.

Yangiliklar lentasi
0