Rossiyada koronavirusga qarshi vaksiya yaratishda qiyinchilik paydo bo‘ldi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishVaksinatsiya ot kori
Vaksinatsiya ot kori - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada yuqtirgan bemorlardan hozircha koronavirus shtammini ajratish ilojisi bo‘lmadi, shuning uchun preparatni to‘liq sinovdan o‘tkazib bo‘lmadi.

TOShKENT, 4 fev – Sputnik. Yangi 2019-nCoV koronavirusga qarshi vaksina yaratish mamlakatda hali virusning tirik shtammiga ega emasligi bilan murakkablashmoqda, dedi Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Sergey Krayevoy.

Meditsinskie rabotniki v zashitnix kostumax podnimayut izolirovannogo patsiyenta iz mashini skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus tufayli o‘lim darajasi ma’lum bo‘ldi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada yuqtirgan bemorlardan hozircha koronavirus shtammini ajratish ilojisi bo‘lmadi. Bu preparatni to‘liq sinovdan o‘tkazish imkoniyatini bermayapti.

Krayevoy ta’kidlashicha, hozirgi vaqtda dunyoda bunday vaksina yo‘q. Preparat tayyorlash qiyin emas, agar ma’lum biotexnologik platforma bo‘lsa vaksinani 2-5 oyda yaratish mumkin.  

Uning so‘zlariga ko‘ra, qiyinchiliklar odatda vaksinani hujayralar va hayvonlarda sinovdan o‘tkazish paytida yuzaga keladi, chunki bu bosqichda tirik virus zarur. Uning yordamida vaksinani virusli neytrallashni tekshirish mumkin. Lekin Rossiyada bu asosiy element hozircha mavjud emas.

Bunday avval bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova Xitoy hali virusning tirik shtamminni Rossiyaga taqdim etmadi.

Hozirgi vaqtda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat: 20 mingdan ortiq odam kasallandi, ulardan 425 kishi vafot etdi, 632 kishi davolandi.

Xitoydan tashqari koronavirusni yuqtirish holatlari Fransiya, Italiya, Ispaniya, Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Rossiya, Finlyandiya, Shvetsiya, Avstraliya, Hindiston , Vyetnam, Gonkong, Malayziya, Makao, Nepal, Singapur, Tailand, Tayvan, Yaponiya, Filippin, Janubiy Koreya, BAA, JAR, Kambodja, Shri-Lankada qayd etildi.

Yangiliklar lentasi
0