Koronavirusga qarshi Rossiya dorisi sinovdan o‘tkazilmoqda

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishSotrudnitsa laboratorii GU NII epidemiologii i mikrobiologii.
Sotrudnitsa laboratorii GU NII epidemiologii i mikrobiologii. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoylik mutaxassislar koronavirusga qarshi Rossiyada ishlab chiqarilgan dorini sinovdan o‘tkazishni boshladi.

TOShKENT, 4 fev – Sputnik. Xitoyda koronavirusga qarshi Rossiyada ishlab chiqarilgan triazavin preparati sinovdan o‘tkazish boshlandi.

Meditsinskie rabotniki v zashitnix kostumax podnimayut izolirovannogo patsiyenta iz mashini skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus tufayli o‘lim darajasi ma’lum bo‘ldi

Bu haqda Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Sergey Krayevoy ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

“Xitoyliklar dorini sinovdan o‘tkazish uchun olishdi”, - deb ta’kidladi Krayevoy.

Bundan avval Rospotrebnadzor epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshlig‘i Yelena Yejlova rossiyalik olimlarda Xitoyda tarqalgan koronavirusga qarshi vaksina tayyorlash uchun asosiy moddalar borligini ma’lum qilgandi.

Dekabr yakunida Xitoy hukumati Xubey viloyati markazi bo‘lgan Uxan shahrida pnevmoniya koronavirus - 2019-nCoV tarqalishi haqida xabar qilingandi. Xitoyda bu virus bilan kasallangan bemorlar soni 17 ming kishidan oshdi, shulardan 360 nafari vafot etdi.

Xitoydan tashqari xorijiy davlatlarda qariyib 150 kishi kasallandi, ulardan bir kishi vafot etdi.   

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi tipdagi koronavirusning avj olishini xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan favqulodda holat, deb tan oldi.

Yangiliklar lentasi
0