O‘zbekistonda test sinovi topshirmay o‘qishga kirish mumkin bo‘ladi

© X. Paydoyev / Narodnoe slovoStudenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v "Uzekspotsentre"
Studenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v Uzekspotsentre - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020 yildan boshlab bosqichma-bosqich o‘zbek tili, rus tili, matematika va boshqa umumta’lim fanlaridan ham sertifikat berilishi joriy etilishi mumkin.

TOShKENT, 3 fev — Sputnik. O‘zbekistonda test sinovi topshirmay o‘qishga kirish mumkin bo‘ladi, deb xabar qilmoqda Davlat test markazi.

Xabarda yozilishicha,  2020 yildan boshlab bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladigan yana bir o‘zgarish – chet (ingliz, nemis, fransuz va sharq) tillaridan tashqari, masalan, o‘zbek tili, rus tili, matematika va boshqa umumta’lim fanlaridan ham sertifikat berilishi joriy etilishi mumkin.

Bolshoy etnograficheskiy diktant v Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Kelgusi yili kirish imtihonlari qanday murakkablikda bo‘ladi – DTM izohi

Hozirda ushbu tartib yuzasidan tegishli takliflar berilgan. Takliflarga ko‘ra test sinovlarini soddalashtirish, abituriyentlarga qulaylik va imkoniyatlar yaratish maqsadida barcha umumta’lim fanlaridan xuddi shunday sertifikat berilishi bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Abituriyentlar umumiy yoki o‘rta-maxsus ta’lim muassasasini tugatmay turib ham bunday imkoniyatdan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Prezidentning murojaatnomasida qayd etilganidek, yoshlar istalgan vaqtda imtihon topshirib, tegishli guvohnoma olsa, oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirayotgan paytda shu fan bo‘yicha qayta sinovdan o‘tishga hech qanday ehtiyoj qolmaydi.

“Demak, abituriyent oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul test sinovlariga qadar kerakli umumta’lim fanlaridan sertifikat olsa, test sinovida ishtirok etmay, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanlovda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi”, - deyilgan xabarda.

Xabarda ayni paytda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan ushbu tartibni amalga oshirish mexanizmlari ishlab chiqilayotgani qo‘shimcha qilingan.

Yangiliklar lentasi
0