Kelgusi yili kirish imtihonlari qanday murakkablikda bo‘ladi – DTM izohi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishBolshoy etnograficheskiy diktant v Rossii
Bolshoy etnograficheskiy diktant v Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
DTM O‘zbekistonda maktab bitiruv imtihonlari asosida OTMga qabul qilish tajribasi qachon qo‘llanilishi mumkinligini aytdi.

TOShKENT, 19 noya – Sputnik. Davlat Test markazi O‘zbekistonda 2020– 2021 o‘quv yilida kirish imtihonlari qanday murakkablikda bo‘lishiga izoh berdi.

Nega 5ta fan?

Ma’lumki yangi o‘quv yilida abituriyentlar 5ta fandan imtihon topshirishadi. Testning birinchi bo‘limiga 3ta majburiy fan: ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixi fanlari kiritilgan. Ikkinchi bo‘limda esa – ixtisoslik bo‘yicha ikkita fandan savollar kiritilgan bo‘ladi.

V Tashkente nachinayutsya vstupitelnie ekzameni v vuzi - Sputnik O‘zbekiston
Kelgusi yil test sinovlarida o‘zgarish bo‘lishi mumkin - DTM 

AOKA da bo‘li o‘tgan matbuot anjumanida DTM mutaxassislari ushbu tartib jahondagi rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida qabul qilinganini xabar qilishdi.

Masalan AQShda 3ta qo‘shimcha fan, matematika majburiy, Janubiy Koreyada 4ta fan – matematika va ingliz tili majburiy, Rossiyada 3ta yoki 4ta fan – rus tili va matematika majburiy, deyishdi mutaxassislar.

Bundan kutilgan maqsad shu-ki abituriyentlar faqat o‘z sohasida cheklanib qolmasdan, boshqa muhim va kerakli fanlarni ham o‘rganadi, dunyoviy bilimlari qamrovi kengayadi. Kelajakda– boshqa toifadagi testlarni ham qo‘llash rejalashtirilgan.

Savollar murakkabligi

Asosiy blok va ixtisoslik bo‘yicha qo‘yiladigan savollar murkkabligi turlicha bo‘ladi. Majburiy fanlar blokida savollar osonroq bo‘lishi mumkin. Ixtisoslik bo‘yicha savollar murakkabroq bo‘ladi.

V Tashkente nachinayutsya vstupitelnie ekzameni v vuzi - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy Osiyoda yagona: Davlat test markazi qoshida yangi ilmiy maktab ochiladi

Shuningdek, ball berishda ham majburiy fanlar bo‘yicha har bir savolga 2,1 ball va jami 94,5 ball beriladi. Ixtisoslik bo‘yicha 2ta fandan 3,1 balldan beriladi va jami 186 ball beriladi. Bunda abituriyent 280,5 ballni tashkil qiladi.

Rossiya tajribasi

Shuningdek, mutaxassislar aytishiga ko‘ra, ayni damda O‘zbekistonda kirish imtihonlarisiz, bitiruv imtihonlari bo‘yicha OTMga qabul qilish tajribasi ham o‘rganilmoqda. Kelajakda taaluqli muassasalar bir bitimga kelsa ushbu tajriba O‘zbekistonda ham qo‘llanilishi mumkin, dedi OTM vakili.

Direktor Gosudarstvennogo testovogo senta Majid Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Test sinovlarida asosiy o‘zgarishlar nimadan iborat bo‘ladi - DTM direktori javobi

Ma’lumot uchun, Rossiyada maktab bitiruvchilari Yagona davlat imtihoni topishirishadi va uning natijalarini o‘zlari istagan bir necha OTMga yuborishadi. OTMlar konkurs asosida o‘zlariga kerakli abituriyentlarni (eng yuqori ball prinsipida) tanlab olishadi. Ayrim OTMlar qo‘shimcha imtihon o‘tkazishi ham mumkin.

Ushbu tizim OTMlarda 90-yillarda avj olgan korrupsiyaga qarshi kurash maqsadida tatbiq etilgan edi. Tizim dastlab 2001-yilda sinov tariqasida qo‘llanila boshlagan va 2010-yildan boshlab rasman barcha OTMlarda yagona qabul tizimiga aylangan. 

Yana bir yangilik, shu paytgacha O‘zbekistonda test savollari ochiqlanmas edi, endi bo‘lsa o‘tgan mavsumda foydalanilgan savollar nashrdan bosib chiqarildi.

Material “Toshkent” telekanalining “Zamon” dasturi ma’lumoti asosida tayyorlandi.

Yangiliklar lentasi
0