TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Pekin aeroportida o‘zbekistonlik talabalar qolib ketgani haqidagi xabar tasdiqlandi.
TIV xabariga ko‘ra, O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi ko‘plab mamlakatlarning Xitoy bilan aviaqatnovlarni bekor qilishi sababli Pekin shahri aeroportida qolib ketgan 3 nafar talaba – O‘zbekiston fuqarolari to‘g‘risida 2-fevral kuni OAVda tarqalgan xabarni tasdiqlagan.
Qayd etilishicha, talabalar bilan aloqa o‘rnatilgan va diplomatlar muammolarni hal qilish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rmoqda.
Elchixona Xitoy hududida bo‘lib turgan va qiyin vaziyatga tushib qolgan fuqarolarga har tomonlama yordam ko‘rsatish hamda koronavirusning yangi shakli (2019-nCoV) bilan bog‘liq vaziyatni monitoring qilish bo‘yicha tezkor Shtab faoliyat ko‘rsatayotganini ma’lum qilgan:
O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi konsullik bo‘limi: Aziz Xilvatov +86 138 1120 4471, Bobur Yahayev +86 135 1102 4242.
O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi xodimlari: Nuriddin Ubaydullayev +86 139 10 85 7245, Nodir Nurmatov +86 158 1047 7270, Shuhrat Umirov + 86 139 1175 4476, Rustam Nazarov +86 138 0122 1452, Akmalxon Olimxonov +86 185 0017 0040, Mansur Ibragimov +86 135 5220 7848, Sardor Sirojov +86 186 1812 9040, Avaz Kamalov +86 178 1070 2707.
“Hurmatli O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, Sizlardan turli mish-mishlardan kelib chiqqan asossiz ma’lumotlarni tarqatmaslikni, his-hayajonga berilmaslikni va xotirjamlikni saqlashni yana bir bor so‘raymiz”, - deyilgan xabar so‘nggida.