Uzbekistan Airways Xitoyga reyslarni vaqtincha to‘xtatib qo‘yishini ma’lum qildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishSamolet Boeing 757-231 aviakompanii "Uzbekistan Airways" v mejdunarodnom aeroportu Vnukovo imeni A. N. Tupoleva.
Samolet Boeing 757-231 aviakompanii Uzbekistan Airways v mejdunarodnom aeroportu Vnukovo imeni A. N. Tupoleva. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
4 fevraldan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi koronavirus tarqalishi sababli Pekin va Urumchiga muntazam reyslarni vaqtincha to‘xtatib qo‘yadi.

TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Xitoyga reyslarni vaqtincha to‘xtatib qo‘yishini ma’lum qildi

“4 fevraldan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi koronavirus tarqalishi sababli Xitoyga (Pekin va Urumchi) muntazam reyslarni vaqtincha to‘xtatib qo‘yadi”, - deyiladi kompaniya xabarida.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston prezidenti farmoyishi bilan respublika maxsus komissiyasi tuzilgan va u mamlakat fuqarolarini Xitoydan qaytarish hamda mamlakatda koronavirus tarqalishining oldini olish bilan shug‘ullanadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyning Uxan shahrida shahrida tarqalgan yangi turdagi koronavirus bilan kasallanganlar soni 14 380 nafarga yetgan. Vafot etganlar soni 308 kishini tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0