TOShKENT, 31 yanv - Sputnik. Ayrim rahbarlarning shaxsiy mas’uliyatini ko‘rib chiqish to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, transport sohasidagi ishlar yetarli darajada tashkil qilinmaganligi va mutasaddi rahbarlarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida ular egallab turgan lavozimlaridan ozod etilib, vazifasini bajaruvchi maqomida qayta tayinlandilar.
Jumladan, Ilxam Maxkamov transport vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, vazirning birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib;
Davron Dexkanov transport vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, vazirning o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib;
Abduraxman Abduvaliyev transport vazirining o‘rinbosari – Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etilib, vazirning o‘rinbosari - Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi etib;
Tolib Uljayev Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligining direktori lavozimidan ozod etilib, ushbu agentlik direktori vazifasini bajaruvchi etib;
Doniyor Axmedov Transport vazirligi huzuridagi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, mazkur inspeksiya boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib;
Faxriddin Salixov Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasining boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, mazkur inspeksiya boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Shuningdek, "O‘zbekiston temir yo‘llari" va "Uzbekistan Airways" AJlar aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining navbatdan tashqari majlisida:
Xusniddin Xasilovni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi lavozimidan ozod etib, ushbu jamiyat boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlash;
"Uzbekistan Airways" AJ boshqaruvchisi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Ibragimovich Xakimovning egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalalari ko‘rib chiqiladi.