Tojikiston Xitoydan oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirishni taqiqladi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishPokupateli v torgovom zale gipermarketa
Pokupateli v torgovom zale gipermarketa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi barcha turdagi Xitoy oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirishni taqiqladi.

TOShKENT, 31 yanv – Sputnik. Tojikiston oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi barcha turdagi Xitoy oziq-ovqat mahsulotlari, shu jumladan choy va ekin urug‘larini olib kirishni taqiqladi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.

Koronavirus qurboni bo‘lmaslik uchun tavsiyalar - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus yuqtirmaslik bo‘yicha muhim tavsiyalar

Xitoyda koronavirus epidemiyasi boshlanganidan so‘ng, mas’ul hokimiyat idoralariga hatto uchinchi mamlakatlardan ham olib kirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini nazoratga olish bo‘yicha topshiriqlar berildi, dedi Tojikiston Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi raisi Muhammadsaid Fayzullozoda.

“Kecha, tadbirkorlar afg‘on chegarasiga olib bormoqchi bo‘lgan Xitoy mevalarini olib kirishga ruxsat berilmadi. Chegara punktlarida faoliyat ko‘rsatayotgan organlarga Xitoy mahsulotlarini aniqlash va ularni Tojikistonga kiritmaslik to‘g‘risida ko‘rsatma berildi. Koronavirus topilganidan so‘ng Xitoydan choy importi ham taqiqlangan”, - dedi rais.

Tojikiston Iqtisodiyot va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Tojiddin Jo‘razodning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Xitoy nooziq-ovqat mahsulotlari boshqa mamlakatlar orqali Tojikistonga keltirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0