AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo 30 yanvar kuni Ukrainaga uchib keldi, 1-fevral kuni u Belarusda bo‘ladi va so‘ngra Qozog‘iston hamda O‘zbekistonga keladi.
Toshkentga safar 2-3 fevral kunlariga rejalashtirilgan. Kutilishicha, Pompeo mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinadi.
AQSh Davlat departamenti rahbari Markaziy Osiyoda unchalik ko‘p bo‘lmaydi, deya ta’kidlaydi siyosiy fanlar doktori Andrey Kazansev. Uning fikricha, Pompeoning tashrifini ikkita holatga bog‘lash mumkin.
"Birinchidan, Afg‘onistondan amerika qo‘shinlarini chiqarishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, toliblar bilan muzokaralar olib borilmoqda. O‘zbekiston AIRda tinchlik o‘rnatilishida juda faol rol o‘ynamoqda. Ikkinchidan, AQSh Markaziy Osiyo mamlakatlari siyosati va iqtisodiyotida muhim rol o‘ynaydigan Rossiya va Xitoyga qarshi turish uchun o‘z pozitsiyasini mustahkamlashdan manfaatdor", — dedi Kazansev.
Shu bilan birga, ekspert so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston va Qozog‘istonni ittifoqdosh qilishga harakat qilmaydi, chunki ularning Rossiya va Xitoy bilan sherikligi darajasi ancha yuqoriligini tushunadi. Bundan tashqari, ekspert na Qozog‘iston, na O‘zbekiston, ular hatto ayni damda g‘arb investitsiyalariga muhtoj bo‘lgan taqdirda ham AQShning hech bir va’dalariga qaramay, Rossiya yoki Xitoyga qarshi chiqishmaydi, deya ishonch bildirdi.
Ekspertning to‘liq izohini Sputnik O‘zbekiston radiopodkastida rus tilida tinglashingiz mumkin.