TOShKENT, 25 yanv - Sputnik. Mayk Pompeo 2-3 fevral kunlari O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘ladi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.
"2020-yilning 2-3-fevral kunlari AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘ladi. AQSh davlat departamenti delegatsiyasi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda", - deyiladi xabarda.
O‘zbekiston TIVda ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari 2018-yil may oyida Vashington shahrida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi O‘zbekiston-AQSh sammiti doirasida erishilgan kelishuvlar bajarilishining borishini muhokama qiladilar, dolzarb xalqaro kun tartibi yuzasidan fikr almashadilar.
AQSh Davlat kotibi Toshkent shahrida "Markaziy Osiyo - AQSh" ("C5+1") shaklidagi vazirlar uchrashuvida ham ishtirok etadi.