TOShKENT, 30 yanv – Sputnik. AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) Xitoyda tarqalgan yangi turdagi koronavirusning rangli rasmini namoyish qildi.
Dekabr yakunida Xitoy hukumati Xubey provinsiyasi markazi bo‘lgan Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya tarqalishi haqida xabar qilingandi.
Keyinchalik, kasallik qo‘zg‘atuvchisi koronavirus 2019-nCoV ekani aniqlandi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda yangi turdagi koronavirusdan kasallanganlar soni 7711 kishiga yetgan. Bugungi kunda Xitoyda virusdan vafot etganlar soni 170 taga etganligi ma’lum bo‘ldi, bir sutkada 38 kishi vafot etdi.
Xitoydan tashqari Tailand, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSh, Kanada, Vyetnam, Singapur, Nepal, Fransiya, Avstraliya, Malayziya, Finlyandiya, BAA, Hindistonda uqtirish holati qayd etilgan.