Putin koronavirus bo‘yicha hukumatga topshiriq berdi

© Sputnik / Ekaterina Shtukina / Mediabankka o‘tishPredsedatel pravitelstva RF Mixail Mishustin i prezident RF Vladimir Putin pered nachalom vstrechi s chlenami pravitelstva RF
Predsedatel pravitelstva RF Mixail Mishustin i prezident RF Vladimir Putin pered nachalom vstrechi s chlenami pravitelstva RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyada 2019-nCoV koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha bosh vazir, Sog‘liqni saqlash va Rospotrebnadzor idoralariga topshiriq berdi.

TOShKENT, 29 yanv – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda 2019-nCoV koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha barcha zarur choralarini amalga oshirish yuzasidan hukumat, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Rospotrebnadzorga topshiriq berdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Koronavirus. Chelovek v maske - Sputnik O‘zbekiston
Buxoroda koronavirus paydo bo‘lgani haqidagi mish-mishlar rad etildi

“Biz dunyoning deyarli barcha mamlakatlarda, shu jumladan mamlakatimizda, har yili pnevmaniya va gripp bilan kasallanish oqibatida odamlarni yo‘qotmoqdamiz, shuning uchun bu yo‘qotishlarni minimallashtirish bo‘yicha umumiy vazifa turibdi, bu holatlar bo‘lmasligi uchun hamma narsa qilishimiz kerak. <...> Yangi koronavirusga kelsak, uning o‘ziga xos xususiyati shundaki, bu yangi hodisa, va bu chaqiriqqa qanchalik tayyormiz”, - dedi prezident yig‘ilishda.

Bundan avval bosh vazir Mixail Mishustin koronavirusga qarshi tezkor shtab a’zolari tarkibini tasdiqlagandi.

Koronavirus 2019-nCoV

Dekabr yakunida Xitoy hukumati Xubey provinsiyasi markazi bo‘lgan Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya tarqalishi haqida xabar qilingandi.

Keyinchalik, kasallik qo‘zg‘atuvchisi koronavirus 2019-nCoV ekani aniqlandi. Bemorlarning soni tez fursatda oshmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 6 mingdan ortiq kishida kasallanish holatlari tasdiqlandi, 132 kishi vafot etdi, 104 kishi tuzaldi.

Eng qiyin vaziyat – Xitoyda, biroq Janubiy Koreya,  Yaponiya, Kambodja, Tailand, Kanada, Vyetnam, Singapur, Nepal, Avstraliya, Malayziya, Germaniya, Shri-Lanka, Tayvan, Fransiya va AQShda ham ushbu virus bilan kasallanganlar aniqlangan.

Yangiliklar lentasi
0